Urgut tumani Mustaqillik mahallasida yaşovçi fuqarolar elektr energiyasidagi uzilişlar, avariya holatiga kelib qolgan transformatorlarning “injiqligidan” çarçagan.

Bir yil avval mahallaga tuman hokimi Botir Jabborov kelgan va aholi bilan muloqot ötkazgan. Uçraşuvda odamlar elektr ta’minotidagi uzilişlar va içimlik suvi bilan boğliq muammoni kötarişgan. Jabborov mahalla ahli pul yiğib, simyoğoç sotib olgan taqdirda uçta transformator hokimiyat taşabbusi bilan örnatib berilişini va’da qilgan.

“Şundan keyin tuman elektr tarmoqlari korxonasi vakillari bilan uçraşib, qança “stolba” kerakligini bilib oldik. Mahalla faollari aholiga vaziyatni töğri tuşuntirdik. Agar özimiz ham ozroq hissa qöşsak, qolganiga hokimiyat yordam qilişini bildirdik. Odamlar qarab turişmadi, 53 million söm mablağ yiğildi.

Pulni Urgut tumani elektr korxonasi vakili Jumanazar akaga berdik. Bizga ellikta temir-beton ustunlari yetkazib berilganiga ham qariyb 6 oy böldi. Bu vaqt içida bir neça marta tuman hokimiga, tegişli idoralarga murojaat qildik, biroq transformatordan darak yöq.

Mahallamizda eskirib ketgan transformatorlar sabab tez-tez elektr energiyasida uzilişlar davom etyapti. Bunday holatlarda öz hisobimizdan ta’mirlab turamiz. Odamlar çarçadi. Axir hokimning va’dasiga işonib pul yiğdik, nega qolganiga davlat yordam bermaydi?

Biz yaşab turgan joylarda aholidan öşa 53 million söm yiğilişi ham katta gap aslida. Odamlar majburlikdan, qiynalib ketganidan rozi bölib pul bergandi. Endi hammaning hafsalasi pir böldi, aholi faollarga işonmay qoldi, pulni qaytarib berişni sörayapti”, – dedi Sindor Inoyatullayev.

Kun.uz muxbiri Urgut tuman hokimining sohaga mas’ul örinbosari Şoxruh Aliqulov bilan telefon orqali suhbatlaşdi. Aliqulov bu voqealardan xabardorligini aytdi. Mahalla ahli va’da qilingan transformatorlarni örnatib berişni sörab, hokimlikka murojaat qilganini ham tasdiqladi.

May oyi oxirida keçgan suhbatimizda Aliqulov transformatorlarni yetkazib beriş joriy yilning ikkinçi çoragi yakuni bilan rejalaştirilganini aytgandi. Ikkinçi çorak ham ötib böldi – mahalla aholisi Kun.uz'ga qayta-qayta murojaat qilişdan çarçamayapti. Rasmiylar ularni eşitmayotganidan norozi. Şundoq ham moliyaviy qiyin ahvolda bölgan odamlar yonidan çiqarib bergan puli joyiga yetib bormagan, degan fikrda.