Qayd etilişiça, bu böyiça tegişli qonun loyihasi işlab çiqilib, vazirlik va idoralarga kelişiş uçun yuborilgan. Hozirgi kunda vazirlik va idoralardan mazkur loyiha yuzasidan takliflar olinmoqda. 

Mazkur hujjat bilan, şuningdek:

  • tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçiga davlat himoyasini taqdim etuvçi order sud tomonidan bir yil muddatgaça berilişini belgilaş;
  • ayolni öz homilasini sun’iy ravişda tuşirişga majburlaganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş;
  • yaqin qarindoşi bölgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş;
  • şaxs hayoti sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi, şa’ni va nomusini kamsituvçi ma’lumotlarni oşkor qilganlik uçun jinoiy javobgarlikni belgilaş kabi qator normalarni kiritiş közda tutilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan 2021 yilda «Gender-madad» elektron huquqiy maslahatçi platformasi işlab çiqilgan. Platformaga xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oşirişga qaratilgan turli mavzularga oid ma’lumotlar bazasi joylaştirilgan. 

Mavzular quyidagilardan iborat: Ayollar huquqiy himoyasi; Gender tenglik; Ayollarga imtiyozlar; Oilaviy munosabatlar; Oilaviy zöravonlik; Xalqaro taşkilotlar Gender tengligiga erişiş strategiyasi. Platforma orqali gender masalalar böyiça huquqiy borada maslahatni onlayn çat orqali oliş tizimi yölga qöyilgan.

«Xotin-qizlar huquqlari böyiça dolzarb ikki oy» doirasida taşkil etilgan sayyor qabullarda jami 1400 dan ziyod xotin-qizlar muammolari eşitilgan.