Yevro dollarga nisbatan pasayişda davom etmoqda. 14 iyul, payşanba kuni yagona Yevropa valutasining kursi 0,9952 dollargaça tuşdi, bu sönggi 20 yil içida birinçi marta ikki kun avval qayd etilgan AQŞ valutasi bilan paritetdan sezilarli darajada past.

Kuni keça yevroning kursi yevrozona uçun iqtisodiy ahvol yomonlaşayotgani, Rossiya gazini Yevropaga yetkazib beriş töliq töxtatib qöyilişi ehtimoli, şuningdek, dpa qayd etganidek, Yevropa markaziy banki (YeMB)ning yuqori inflatsiyaga qarşi kuraş böyiça qarorsizligi fonida qisqa muddatga 1 dollardan pastga tuşdi.

Ayni paytda, inflatsiyani jilovlaş uçun YeMB allaqaçon kredit stavkalarini oşirdi va buni yanada köproq qilişni rejalaştirmoqda. Biroq, AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) şunga öxşaş çoralarni ança tezroq amalga oşirmoqda, bu esa dollarning mustahkamlanişiga yordam beradi. 

AQŞda inflatsiya böyiça ma’lumotlar e’lon qilinişi fonida Yevropa valutasining qadrsizlanişi tezlaşdi. Iyun oyida mamlakatda iste’mol narxlari yillik hisobda 9,1 foizga oşgan. Bu 1981 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir. AQŞda inflatsiyaning navbatdagi sakraşi Federal zaxira tizimi (FZT) pul-kredit siyosatini yanada qattiqlaştirişi ehtimolini oşiradi. 

Dollar va yevro oxirgi marta 2002 yilda Yevropa banknotlari va tangalari çiqarilgandan söng paritetda bölgan edi.