Vazirlar Mahkamasining 13 iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, 2022/23 öquv yili qabulida abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş muddatlari uzaytirildi.

Davlat test markazi xabariga köra, bu yil arizalar qabuli 27 iyulga qadar (şu kuni ham) davom etadi.

Çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan bakalavriat ta’lim yönalişlariga röyxatga oliş esa 17 iyulga qadar (şu kuni ham) amalga oşiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar öz ma’lumotlarini özgartirişlari hamda çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega böladigan bölsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritişlari mumkin.