2022 yil birinçi yarim yilligi davomida aniqlangan uşbu holatlar böyiça huquqiy baho beriş va qonuniy çora köriş maqsadida tarkibida jinoyat alomatlari bölgan 37,6 mlrd sömlik örganiş materiallari huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.

Moliyaviy qonunbuzilişlarga yöl qöyilgani uçun tizimdagi 125 nafar mas’ul şaxsga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo çoralari körilgan. 

Qayd etilişiça, şundan 89 nafar mas’ul xodimga nisbatan hayfsan e’lon qilingan, 16 nafar mas’ul xodimga nisbatan jarima qöllanilgan hamda 20 nafar mas’ul xodim lavozimidan ozod etilgan.

Vazirlik içki audit xizmatining joriy yil birinçi yarim yillik davridagi faoliyati natijasida 270,4 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar oldi olinişiga erişildi.