Qoraqalpoğiston Respublikasida sodir bölgan voqealarni örganiş böyiça işonç telefoni işga tuşirildi. Bu haqda Inson huquqlari böyiça vakil (ombudsman) xabar berdi.

2022 yilning 15 iyul kuni Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi  Qoraqalpoğistonda iyul oyi boşida sodir bölgan voqealar yuzasidan mustaqil tekşiruv ötkaziş böyiça komissiya tuzgan edi.

Ombudsman Feruza Eşmatova rahbarligidagi komissiya 16 iyul kunidan Qoraqalpoğiston Respublikasida öz faoliyatini boşladi.

Komissiya taşabbusi bilan 1374 qisqa raqamli koll-markaz işga tuşirildi.

Endilikda fuqarolar koll-markazga Qoraqalpoğistondagi holat va sodir bölgan hodisalar yuzasidan öz murojaatlarini yöllaşlari mumkin.

Barça murojaatlar komissiya tomonidan örganib çiqiladi.

Qoraqalpoğistonda yuz bergan holatlar va voqealarni örganiş böyiça tuzilgan komissiya tarkibi ham tasdiqlandi. 

Komissiyaga 14 nafar şaxs kiritilgan bölib, ularning orasida Qonunçilik palatasi deputatlari Alişer Qodirov, Bobur Bekmurodov, Şveytsariyaning «Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi» direktori Gulnoz Mamarasulova, şuningdek, bir qança qoraqalpoğistonlik faollar va senatorlar kiritilgan.