Buyuk Britaniya anomal issiq haroratdan aziyat çekmoqda. 18 iyul, duşanba kuni Londonda harorat Tselsiy böyiça 38 darajaga yetdi. 19 iyul kuni Met Office Britaniya meteorologiya agentligi harorat 40 darajadan yuqori bölişini taxmin qilmoqda.

Qirollikda öta yuqori harorat tufayli tarixda birinçi marta «qizil» ogohlantiriş darajasi joriy etildi. Şu munosabat bilan ayrim maktablar yopilgan, ayrim yönalişlarda temiryöl harakati töxtatilgan. Bir qator temiryöl kompaniyalari yölovçilarga 18 va 19 iyul kunlari sayohat qilişdan boş tortişni tavsiya qildi. Kasalxonalar yaqin kunlarda öz imkoniyatlaridan ham ortiq darajada işlaşi kutilyapti.

Buyuk Britaniyadagi avvalgi harorat rekordi 2019 yilning 25 iyulida Kembrijdagi botanika boğida qayd etilgan va 38,7 darajaga teng bölgan. Met Office boş meteorologi Pol Gandersen rekord darajadagi issiqlik tölqinini iqlim özgarişi bilan boğladi. Uning sözlariga köra, bu kabi misli körilmagan issiq kunlar joriy asrning oxiriga kelib muntazam hodisaga aylanişi mumkin. 

Germaniyada ham duşanbadan çorşanbagaça harorat rekordlari kutilmoqda, mamlakat böylab termometrlar 35 darajadan kötarilib, ba’zi joylarda 40 darajaga yaqinlaşadi va hatto undan ham oşib ketişi mumkin. Keçasi havo faqat 25-27 darajagaça pasayadi. 

Ayni paytda, Germaniya hukumati joriy yoz uçun jaziramadan himoya qiliş rejasini tayyorlamadi. Konstitutsiyaga köra, bu munitsipal hokimiyat zimmasiga yuklangan, dedi Germaniya atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligining Berlindagi vakili. U, şuningdek, federal hukumatning bu boradagi çora-tadbirlarini, xususan, ijtimoiy institutlarni, qariyalar uylari va bolalar boğçalarini iqlim özgarişiga moslaştiriş dasturlarini qöllab-quvvatladi. 

Haddan taşqari issiqlik Yevropaning bir qator boşqa mamlakatlarida, xususan, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya va Belgiyada ham kuzatilmoqda.