Uni aeroportda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, boş vazir örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Taşrif «Yangi Özbekiston» boğiga boriş bilan boşlandi, I.Garibaşvili Özbekiston qadim tarixi va yorqin bugungi kuniga hurmat tariqasida Mustaqillik monumenti poyiga guldasta qöydi.
Delegatsiyaning navbatdagi yönalişi «Texnopark» bölib, u yerda mehmonlar işlab çiqariş jarayoni, mahalliylaştirilgan yuqori texnologiyali mahsulotlar turlari bilan tanişdi.
Özbekiston Gruziyaga asosan sanoat tovarlari, kimyo mahsulotlari, içimliklar, avtomobillar va transport uskunalarini yetkazib beradi. Gruziya farmatsevtika mahsulotlari, transport uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari va boşqa mahsulotlarni import qiladi. 2017 yildan buyon mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 34,3 foizga ösib, 127,4 million dollarni taşkil etdi.
17 ta zamonaviy, eksportga yönaltirilgan va import örnini bosuvçi işlab çiqarişni birlaştirgan «Texnopark»ga taşrif çoğida Gruziya boş vaziri mamlakat salohiyatiga e’tibor qaratdi, şu nuqtayi nazardan, bugungi kunda yangi qöşma loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş maqsadida ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida töğridan töğri aloqalarni yölga qöyiş ikki tomonlama hamkorlik ustuvor yönalişi bölib qolayotgani aytildi.












