Rossiya Federatsiyasi rasmiylari bu mamlakatda Rossiya armiyasi haqida feyklar tarqatganlikda ayblangan ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonni qidiruvga berdi. Gordonning kartoçkasi 19 iyul, seşanba kuni Rossiya Içki işlar vazirligi qidiruvdagi şaxslar bazasida paydo böldi.
Kartoçkada qidiruv jinoyat işi doirasida olib borilayotgani körsatilgan, biroq u qaysi modda bilan qözğatilgani tuşuntirilmagan.
Ukrainada uruş boşlanganidan bir neça hafta ötgaç, Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi Dmitriy Gordonga qarşi uçta modda böyiça jinoiy iş qözğatdi. U uruş boşlaşga ommaviy çaqiriq, millat böyiça nafrat uyğotiş va Rossiya qurolli kuçlari haqida feyklar tarqatişda ayblanmoqda. «Gordon Ukraina telekanali efirida Rossiya Federatsiyasiga qurolli hujum uyuştirişga va unga qarşi yadro qurolidan foydalangan holda agressiv uruş boşlaşga çaqirgan», — deyiladi RTQ xabarida. Rossiya rasmiylariga köra, Gordon yuqoridagi barça harakatlarni amalga oşirgan çiqişining yozuvi YouTube’da joylaştirilgan.












