Ukrainadagi uruşning 146-kuni. Sönggi ma’lumotlar:
- 18 iyul kuni «LXR» rasmiylari Donetsk oblastidagi Seversk şahri egallanganini xabar qildi. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi armiya RF kuçlarining Donetsk oblastidagi Seversk, Baxmut va Slovyansk şaharlari atrofida uyuştirgan hujumlarini bartaraf etgani haqida ma’lum qildi.
- Ukraina qurolli kuçlari oliy boş qömondoni Valeriy Zalujniy frontdagi vaziyat oğirligi, ammo uni barqarorlaştirişga muvaffaq bölinganini aytdi.
- Işğoldagi Xerson oblastida Rossiya tomonidan tayinlangan «amaldorlar» ukrain harbiylari Nova Kaxovka şahrini öqqa tutişgani, jabrlanuvçilar borligini ma’lum qilişdi.
- Yevroittifoq Ukrainani qurollantiriş uçun yana 500 mln yevro ajratişni ma’qulladi, yordamning umumiy hajmi 2,5 mlrd yevroni taşkil etadi.
- «Harbiy feyklar» töğrisidagi qonun tufayli faoliyatini töxtatişga majbur bölgan Rossiyaning «Dojd» telekanali 4,5 oylik tanaffusdan keyin yana efirga qaytdi. Jurnalistlar Rossiyadan ketişgan va Yevropaning tört şahrida - Riga, Tbilisi, Amsterdam va Parijda işlay boşlaşgan.
- Ukraina şaharlari — Xarkiv, Donbass şimoli va boşqalar — rossiyalik harbiylar tomonidan öqqa tutilişi davom etmoqda. Xarkivdagi turar joy binolarida kvartiralar şikastlangan — odamlar öz qöl kuçi bilan uylarini tuzatişga urinmoqda. Donbass şimolida Rubejnoye şahrida raketa zarbalari oqibatida vayrongarçiliklar; Çasiv Yar aholisi yertölalarda yaşaşga majbur bölmoqda. 18 iyul kuni Rossiya Zaporijjyadagi buğdoy dalalarini öqqa tutdi.
- Conflict Intelligence Team xabariga köra, jang qilişdan boş tortgan şartnoma asosida xizmat qiluvçi rossiyalik harbiy xizmatçilar Ukraina bilan çegaraga qöriqçilar bilan olib kelinmoqda.
Quyida 18 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar:
Xarkiv

Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA






















