Qosbugabetovga köra, sönggi yillarda Qoraqalpoğistonda amalga oşirilayotgan investitsiya dasturlari asosida köplab maktablar qurilib, mavjudlari ta’mirlanmoqda.
«2015 yilga qadar investitsiya dasturi doirasida 30 milliard söm ajratilgan bölsa, hozirgi kunga kelib bu raqamlar 1 trillion sömgaça yetgan.
Bu dastur doirasida Möynoq aeroportini ta’mirlaş uçun 105 milliard söm, Nukusdagi prezident maktabi uçun 74 milliard söm, Nukusdagi tibbiyot klinikasi töliq rekonstruksiyasi uçun 85 milliard söm ajratilgan.
Bundan taşqari, Nukus şahriga ajratilgan 205 milliard söm evaziga şahar obodonlaştirilmoqda: yaşil hududlar oçilib, avtomobil yöllari, trotuarlar hamda veloyölaklar qurilmoqda. Bularning barçasi, Qoraqalpoğiston uçun juda quvonarli hol», – deydi Qoraqalpoğiston Moliya vazirligi rasmiysi.
Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan iqtisodçi Injigul Mamutovaning aytişiça, birgina Möynoq tumanidagi quriliş va obodonlaştiriş işlari uçun 81 milliard söm pul ajratilgan. Bözatov va Taxtaköpir tumanlariga 50 milliard söm, Çimboy, Qanliköl va Kegeyli tumanlarini rivojlantiriş uçun esa 200 milliard söm yönaltirilgan.
«Bularning barçasi xalqning turmuş darajasini oşirişga xizmat qiladi. Hozir hamma joyda mölçilik, odamlarga erkinlik berilgan. Kim qanday kasb bilan xohlasa şuğullanadi.

Men 1986 yillardan beri moliya tizimida işlab kelganman. Oldinlari oyliklarni bir oydan ham keçroq olardik, valuta bilan ham doim muammolarimiz bölgan. Xudoga şukr, hozir bunday muammolar yöq», – deydi Injigul Mamutova.











