«Kentavr» Moskvaga yetib keldi. Koronavirusning navbatdagi versiyasi haqida nimalar ma’lum?
Rossiyada SARS-Cov-2 koronavirusining «kentavr» (rasmiy ilmiy tasnif bo‘yicha – VA.2.75) nomi bilan mashhur bo‘lgan yangi turi aniqlandi.

Foto: EPA
U dastlab may oyida Hindistonda aniqlangandi. JSST bu mutant haqida birinchi marta ikki hafta oldin, 6 iyul kuni ma’lumot berdi. 13 iyul kuni virus Niderlandiyaga yetib bordi. 19 iyul kuni Rossiya rasmiylari ham mamlakat hududida bu shtamm qayd etilgani haqida xabar berishdi.
«Rospotrebnadzor» tomonidan ta’kidlanishicha, Moskvada kovid infeksiyasining yangi to‘lqini aynan «kentavr» bilan bog‘liq. Demak, moskvaliklar xavotirlanish uchun barcha asoslarga ega.
Rossiya poytaxtida kovid infeksiyasining yangi holatlari soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. So‘nggi haftada aniqlangan bemorlar soni oldingi ikki haftada aniqlangan holatlar soniga teng.
Hozircha bunday sur’at faqat «kentavr» aniqlangan poytaxt shaharda kuzatilyapti. «Roskomnadzor» xabariga ko‘ra, Rossiyadagi barcha beshta holat Moskvada ro‘yxatga olingan. Barcha testlar iyul oyida topshirilgan. Ammo bitta katta «lekin» bor. Statistik ma’lumotlar har doim virusning haqiqiy tarqalish sur’atidan ortda qolishini tushunish kerak.
Ikki yillik pandemiya tajribasiga asoslanib, ishonch bilan aytish mumkinki, «kentavr» allaqachon Rossiyaning aksariyat hududlariga yetib borgan. Va hatto, katta ehtimol bilan u birmuncha vaqt «inkognito» tarzda o‘tlaydi.
Bu esa yaqin kelajakda Rossiyaning boshqa mintaqalari ham poytaxtga yetib olishini anglatadi (albatta agar mahalliy rasmiylar test olish ko‘lamini pasaytirmasa).
Misol uchun, rasmiy statistikaga ko‘ra, «kentavr» na Moskva oblastiga, na Sankt-Peterburgga yetib borgan. Ammo u yerlarda Moskvani eslatuvchi to‘lqin allaqachon ko‘tarila boshlagan. Balki bir necha kun kechikkandir.
Omikronning ushbu turi yangi hisoblanadi, bu esa xotirjamlikka berilmaslikka chorlaydi. Olimlar uni hali ham o‘rganishmoqda. O‘rganish uchun namunalar kam va birinchi ma’lumotlar unchalik tasalli bermaydi.
Virus genomining asosiy fragmentida muhim mutatsiyalar topilgan, aynan ular inson hujayralariga kirish xususiyatini belgilab beradi. Demak, nazariy jihatdan, u organizm tomonidan virusga qarshi ishlab chiqilgan antitanalarga chidamliroq bo‘lishi kerak. Boshqacha aytganda, yanada yuqumliroq.
Yuqumlilik darajasi yuqori ekani haqidagi nazariyani qo‘llab-quvvatlash uchun ba’zi faktlar bor. Masalan, yuqoridagi statistika.
Biroq, yaxshi yangilik ham bor.
Shifokorlar fikricha, hozircha moskvalik 5 nafar bemorning barchasi kasallikni yengil shaklda o‘tkazmoqda. Har holda, ularning hech biri shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lmagan.
Boshqacha aytganda, «kentavr» - garchi o‘zining ajdodi «omikron»dan ko‘ra yuqumliroq bo‘lsa ham, u qadar xavfli emas. Aytaylik, mavsumiy grippdan ko‘ra xavfliroq emas.
Umuman olganda, vahima uchun hech qanday sabab yo‘q, lekin diqqat-eʼtiborli bo‘lish uchun asos bor. Shu tufayli, zarur ehtiyot choralari bo‘yicha JSST tomonidan berilgan tavsiyalarga amal qilish kerak. Garchi ular sizga ortiqcha yoki ma’nosiz ko‘rinsa ham.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Beton, g‘isht quyish ham qo‘limdan keladi” – rishtonlik suvoqchi qiz hikoyasi
Jamiyat | 15:21
-
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda
Jahon | 15:14
-
O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:55
-
Isroil Iordan G‘arbiy sohilida yana 22 ta aholi punktini quradi
Jahon | 14:54
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025