Joriy yilning 1 aprel kuni Qoraqalpoğistonda şamol elektr stansiyasi loyihasini amalga oşiriş uçun malakali investorlarni tanlaş e’lon qilingan ikki bosqiçli tenderga 17 iyulga qadar Energetika vazirligiga xalqaro kompaniyalardan 12 ta ariza kelib tuşdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Loyiha Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki kömagida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi tomonidan amalga oşirilmoqda.
Loyiha doirasida Qoraqalpoğistonning Beruniy va Qoraözak tumanlari hududida quvvati 200 MVtga teng bölgan navbatdagi şamol elektr stansiyasi qurilişi rejalaştirilgan.
Özbekiston hukumati 2030 yilgaça mamlakatda 12 GVt quvvatga ega ekologik toza energiya işlab çiqariş maqsadida keng kölamli qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş strategiyasini amalga oşirmoqda.
Uşbu taşabbus doirasida hukumat Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan umumiy quvvati 2 000 MVt (şamol dasturi) bölgan yirik şamol energetikasi loyihalarini işlab çiqiş böyiça hamkorlik qiliş uçun özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.
Tender komissiyasi uşbu 12 ta kompaniyadan kelib tuşgan arizalar töliqligi va RFQ belgilangan şartlariga muvofiqligini baholaşga kirişadi, şundan söng malakali iştirokçilar e’lon qilinadi. Malakali iştirokçilar tender jarayoni ikkinçi bosqiçida iştirok etişga taklif qilinadi.
Tenderda qiziqiş bildirgan, dastlabki saralaş talabnomalarini taqdim etgan hamda arizalari tender komissiyasi tomonidan körib çiqiladigan va baholanadigan talabgorlar içida BAA, Saudiya Arabistoni, Hongkong, Xitoy, Turkiya, Kayman orollari, Hindiston, Yaponiya, Fransiya kompaniyalari bor.










