Rossiyadan Xitoy va Hindistonga neft yetkazib beriş hajmi apreldagiga nisbatan qariyb 30 foizga kamaydi, deb yozadi Bloomberg.
Naşrning yozişiça, Osiyo mamlakatlari yevropalik xaridorlar örnini töliq bosa olmasligi mumkin. Neft narxining ösişi Rossiyaning daromadlarini oşirdi va xom neft yetkaziş kamayişini qopladi, deydi ekspertlar.
Oxirgi tört hafta davomida Xitoyga kuniga örtaça 784 ming barrel, Hindistonga esa 679 ming barrel neft yetkazib berilgan.
Xitoy va Hindistondan boşqa Osiyo mamlakatlariga neft sotiş deyarli töxtagan, faqat Yaponiya va Janubiy Koreyaga qisman yetkazib berilmoqda.
Şu bilan birga, oxirgi haftada Rossiyadan Şimoliy Yevropaga neft yetkaziş hajmi yana ösa boşladi. Neftning katta qismi Niderlandiyaning Rotterdam şahriga, ozroq qismi Polşa va Finlandiyaga yetkazib berilmoqda.












