21 iyul kuni Markaziy bank boşqaruvi asosiy stavkani bir bandga pasaytirib, 15 foiz etib belgilaş töğrisida qaror qabul qilgaç, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda Nurmurodov pul ötkazmalarining keskin oşgani va bunga rubl bosimining ta’siri hamda regulyator qanday çoralar körişi kutilayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Regulyator rahbari pul ötkazmalari oşganining bir neçta sababini sanadi.

“Birinçidan, aprel oyidan boşlab xalqaro maydonda sezilarli özgarişlar böldi. Yilning birinçi yarmida pul ötkazmalari ötgan yilgiga qaraganda 2 barobarga ösdi. Hamma davlatlardan kelib tuşadigan pul hajmlarida ösiş kuzatyapmiz. Ösişning asosiy qismini Rossiyadan keladigan pul ötkazmalari taşkil qiladi.

Transçegaraviy pul ötkazmalarining tarkibiga qaraydigan bölsak, 199 million dollari Rossiya rublida kelib tuşgan. Ba’zan öqib qolaman: Rossiyadan rubl kelib, Özbekistondan dollar çiqib ketyapti degan fikrlar bor, lekin bu atigi 3 foizni taşkil qiladi.

Sizga qiziq tomoni, 199 million dollar ekvivalentidagi rublning 87 foizi söm tariqasida olingan. Bizda beşta bankimiz Rossiya banklari bilan P2P orqali pul ötkazmalarini yölga qöygan, bu öşa yönalişlar orqali kelgan pullar bevosita aholiga söm tarzida berilayotganini körsatdi.

Ikkinçidan, keyingi e’tibor berilişi kerak böladigan narsa şuki, öşa kelayotgan valutaning içki bozorda qay şaklda harakatlanayotgani ham juda muhim. 6,5 mlrd dollarlik pul ötkazmalari kelgan, qariyb 5,6 million dollarlik qismi içki bozorda sotildi. Bu pul ötkazmalarining ösişi biz oldingi pul ötkazmalarida inobatga olmagan kanallarning rasmiy kanalga ötganidan qisman dalolat beradi.

Haqiqatan şu paytgaça bu borada heç qanaqa ma’lumot çiqarmagandik, çunki buni çuqur tahlil qilib mohiyati, sabablarini örganişga harakat qildik. Pul ötkazmalarining keskin oşişiga sabab bölgan holatlardan birinçisi bu – Rossiyada naqd va naqdsiz valuta kursi örtasida 30 foizgaça farq paydo böldi.

Ikkinçisi, naqd valutani banklardan sotib oliş va topişda ham muammolar yuzaga keldi. Çunki banklar tuşgan valuta miqdorida sotiş vakolatiga ega böldi. Bir narsani sezdikki, bu çeklaş Rossiyada mehnat qilayotgan hamyurtlarimizni kim kelayotgan bölsa öşa orqali naqd pulni berib yuboriş imkoniyatini çeklab qöydi. Endi bu ötkazmalar rasmiy kanallar orqali kelişni boşladi.