Italiya boş vaziri Mario Dragi 21 iyul, payşanba kuni prezident Serjio Mattarella bilan uçraşdi va unga ikkinçi marta hukumati bilan birga iste’foga çiqiş niyati haqida ma’lum qildi. Prezident boş vazirning iste’fosini qabul qildi. «Hukumat joriy muammolarni hal qiliş uçun hokimiyatda qoladi», deyiladi kanselyariya bayonotida.

Italiya Senati bir kun avval Dragiga işonç bildirdi, biroq 74 yoşli siyosatçi istalgan keng kölamli qöllab-quvvatlovni ololmadi. Hukmron koalitsiyaga kiruvçi uç partiya – «Liga», «Beş yulduz» harakati» va «Olğa Italiya» partiyalaridan 182 nafar parlamentariy ovoz berişni boykot qildi. 95 senator hukumat rahbariga işonç bildirdi, 38 nafari qarşi çiqdi. 

May oyining örtalarida Italiyada hukmron koalitsiya partiyalari va vazirlar mahkamasi örtasidagi qarama-qarşiliklar tufayli hukumat inqirozining kuçayişi boşlandi. 14 iyul kuni «Beş yulduz» harakati» partiyasi hukumatni qöllab-quvvatlaş uçun ovoz berişda iştirok etişda betaraf qoldi, partiya bundan avval ham Italiya fuqarolariga inflatsiya va energiya narxining oşişi uçun moliyaviy yordam körsatişni ma’qullaş uçun ovoz berişdan boş tortgan edi. Boş vazir bunga javoban uning hukumatini qöllab-quvvatlagan milliy birlik koalitsiyasi endi mavjud emasligini, şuning uçun faoliyatini davom ettiriş uçun şaroit yöqligini aytdi. Öşa kuni u iste’foga çiqdi, lekin prezident uning iltimosini rad etib, parlamentda işonç votumi böyiça ovoz berişni taklif qildi.