20 iyul, çorşanba kuni keçqurun Italiya senati boş vazir Mario Dragiga işonç bildirdi, biroq 74 yoşli siyosatçi kerakli darajada keng kölamli qöllab-quvvatlovga ega bölmadi. Hukmron koalitsiya a’zolari bölgan uçta partiya – «Liga», «5 yulduz» harakati» va «Olğa, Italiya» ovoz berişni boykot qildi. Hukumat rahbariga 95 senator işonç bildirdi, 38 nafari qarşi çiqdi.
Jarayon Dragi parlamentning yuqori palatasiga öz kabinetiga işonç töğrisidagi rezolyutsiya uçun ovoz beriş sörovi bilan murojaat qilganidan keyin sodir böldi. Kuzatuvçilar ovoz berişda uç partiya qatnaşmagani uçun 74 yoşli siyosatçining iste’foga çiqişi ehtimoli katta ekanini ta’kidlamoqda. RAI News 24 telekanaliga köra, bu 21 iyul, payşanba kuni sodir bölişi mumkin.
Şu kuni boş vazir parlament quyi palatasi – Deputatlar palatasida nutq sözlamoqçi. U yerda ham Senatdagi kabi jarayon amalga oşirilişi kerak.
Bir hafta oldin, Mario Dragi hukmron koalitsiyadagi inflatsiya va energiya narxining oşişi uçun fuqarolarga kompensatsiya tölaş böyiça qonun loyihasi tufayli yuzaga kelgan uzoq davom etgan mojarodan söng iste’foga çiqdi. Boş vazirning aytişiça, uning hukumatini qöllab-quvvatlagan milliy birlik koalitsiyasi endi mavjud emas, şuning uçun faoliyatini davom ettiriş uçun şaroit yöq. Biroq Italiya prezidenti Serjio Mattarella Dragining iltimosini rad etdi va unga işonç votumi ötkazişni taklif qildi.












