Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasidagi litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillari töğrisidagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan hukumat ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- pnevmatik ov va sport quroli oğiz qismidagi quvvati va kalibriga oid texnik tavsiflarini çiqarib taşlaş orqali barça turdagi pnevmatik qurolning muomalasi sohasidagi faoliyat va harakatlarni litsenziya va ruxsatnomalar asosida amalga oşiriş hamda uşbu qurol öq-dorilarini litsenziya va ruxsatnomalarsiz işlab çiqariladigan, realizatsiya qilinadigan va egalik qilinadigan aşyolar toifasiga kiritiş;
- fuqarolar tomonidan pnevmatik kalta stvolli va taşqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) öxşaş pnevmatik qurolni içki işlar organlari ruxsatnomalari böyiça faqat sport obektlarida saqlaş va ulardan foydalaniş;
- kolleksiyalaş va körgazmaga qöyiş obektlariga bittadan ortiq öqotar va pnevmatik ov quroli, pnevmatik kalta stvolli hamda taşqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) öxşaş pnevmatik qurol kiritilişi mumkinligini, şu sababli uşbu obektlar muomalasini tartibga soliş jiddiy murakkablaşgani munosabati bilan tegişli ruxsatnomalarni beriş böyiça vakolatli organlar sifatida tuman-şahar IIBni emas, balki yuqoriroq turgan içki işlar organini – Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIBni belgilaş;
- yuridik şaxslar xodimlari va fuqarolar qurolga egalik qilişga qarşi körsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekşiruvlarni faqat davlat soğliqni saqlaş organlari tibbiyot muassasalarida ötkazilişini, tekşiruv natijalari böyiça xulosani esa, fuqaroning iştirokisiz, tibbiyot muassasasi tomonidan töğridan töğri içki işlar organiga yuborilişini ta’minlaş;
- yarim avtomat silliq stvolli öqotar ov qurolini va öqdon (baraban) siğimi tört dona patrondan ortiq bölgan silliq stvolli öqotar ov quroli egalik qiliş asoslariga ovçilar jamoat birlaşmasi tavsiyanomasini kiritiş hamda uşbu qurolni oliş tartibini soyli stvolli öqotar ov quroliga tenglaştiriş;
- ov quroliga egalik qiliş yoş senzini 21 yoşdan 25 yoşgaça oşiriş;
- fuqaroviy qurolga egalik qilişga tösqinlik qiluvçi holatlarga fuqaro va u bilan birga doimiy yaşovçi şaxslar tomonidan qasddan oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etilganini, ularga nisbatan qoralovçi (ekstremistik faoliyat, şaxslar hayoti va soğliğiga haqiqiy tahdid soluvçi faoliyat belgilari mavjud bölgan ğayriqonuniy harakatlar töğrisidagi) ma’lumotlar mavjudligini, qurol egasi bilan birga doimiy yaşovçi şaxslar ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlari röyxatlariga olinganini qöşimça ravişda kiritiş;

















