Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AKT O‘zbekistonda aholi real daromadlari o‘sishiga qanday hissa qo‘shayotgani hisoblab chiqildi
Prog‘nozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) O‘zbekistonda aholi real daromadlarining o‘sishiga qanday hissa qo‘shayotganini hisobladi.
Institut xabariga ko‘ra, tadqiqot chog‘ida optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 100 kilometrga ortishi aholi real daromadlari 1,43 foizga o‘sishida yordam berishi aniqlandi.
Bundan tashqari, internet foydalanuvchilari sonining 1 foiz punktga ko‘payishi aholi real daromadlari 0,9 foizga oshishiga olib keladi.
Bildirilishicha, AKT real daromadlar o‘sishiga bir necha yo‘llar orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: masalan, ta’lim tizimiga onlayn darslar va kurslarni joriy etish orqali, moliya tashkilotlari faoliyatining kengayishi, ishsizlik qisqarishiga yangi kasblar va ish o‘rinlari, jumladan onlayn-makonda tashkil etilishi orqali ta’sir qiladi.
Tahlil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanilgan. Hududlar bo‘yicha – 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri.
Natijalar hududlar bo‘yicha standart xatolar va klasterlashtirishni hamda Driscoll-Kreayning standart xatolarini hisobga olgan holda panel ma’lumotlari modellari yordamida olingan. Ushbu modellar o‘zaro (mintaqaviy) va vaqt oralig‘idagi bog‘liqlik mavjud bo‘lganda eng samarali hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
16:45 / 13.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning «soyadagi g‘olibi». Rossiya neftdan kuniga yuz millionlab dollar qo‘shimcha daromad olyapti
14:31 / 24.12.2025