Rossiyaning «Çempionat» sayti kolumnisti Mixail Georgiyev hujumçining mavsumlar oraliğidagi «sarguzaştlari»ni tahlil qildi.
Kriştianu Ronaldu «Mançester Yunayted»ni tark etib, Çempionlar Ligasida iştirok etuvçi klubga ötmoqçi. Futbolçining agenti Jorjye Mendeş mijozining xizmatini Yevropaning top-klublariga faol ravişda taklif qilmoqda. Juda faol tarzda.
Ronaldu uçun «Bavariya» va «Atletiko» variantlari tasdiqlanmadi
Ba’zi taniqli şaxslar klub Ronalduga muhtoj emasligi haqida jamoatçilik oldida fikr bildirişdan özlarini tiya olişmadi. «Bavariya»ning bir emas, uç vakili Kriştianuning Myunxenga ötişi amalga oşmasligini ta’kidlaşga majbur böldi. Aftidan, bu boradagi miş-mişlarga barham beriş uçun.
«Men Kriştianu Ronalduni, uning yutuqlari va karerasini juda hurmat qilaman. Ammo yana bir bor aytaman, uning transferi bizning rejalarimizda yöq va bölmagan ham», dedi «Bavariya» sport direktori Hasan Salihamijiç.
«Men Kriştianu Ronalduni «Bavariya»ga sotib oliş istagim borligi haqida öqidim, ammo bu yolğon», dedi boş murabbiy Yulian Nagelsman.
«Men Kriştianu Ronalduni yaxşi köraman. U fantastik öyinçi, lekin har bir klubning öz falsafasi bor. Men uning transferi hozir «Bavariya» va Bundesliga uçun töğri bölişiga işonçim komil emas. Bunday transfer ğoyalarimizga töliq mos kelmaydi», dedi myunxenliklar boş direktori Oliver Kan.
Oliverning sözlarida rasmiy uslub sezilib turibdi, ammo ma’lum miqdorda istehzo va asabiylik ham bor. Ronaldu «Bavariya»ga kerak emas. Va boşqa top-klublarga ham. Aftidan, Mendeşning Kriştianu xizmatlarini taklif qiliş böyiça urinişlari boşi berk köçaga kirib qolgan.
«Bavariya»dan keyin «Atletiko» dostoni boşlandi, ammo bu ham uzoq davom etmadi. Madrid klubi Marca naşriga ehtimoliy transfer iqtisodiy jihatdan imkonsiz va foyda keltirmasligini aytdi. Ayni damda «matrasçilar» portugaliyalikning yuqori maoşini ham, transfer narxini ham kötara olmaydi. Naşrning yozişiça, hujumçining Madridga (bundan oldin Myunxenga) ötişi haqidagi miş-mişlarni Ronalduning atrofidagilar, xususan agenti Jorjye Mendeş tarqatmoqda.
«Atletiko» Kriştianuning transferi ğoyasini darhol rad etdi. Tomonlar örtasida norasmiy aloqalar bölgan, ammo bundan ortiği emas. «Matrasçilar» boş murabbiyi Diyego Simeone Ronalduni hurmat qiladi, biroq u portugaliyalik bilan işlaş imkoniyati uçun jamoani qayta şakllantirmoqçi va qayta qurmoqçi emas. Mendeşning qitmirligi heç qanday natija bermadi, faqat «Atletiko» muxlislarini ğazablantirdi.













