Hujjatda Özbekistondagi OTMlarni xususiylaştiriş, ularni butun dunyoda bölgani kabi ta’lim, tadqiqot va tadbirkorlik – 3.0 universitetlar darajasiga çiqariş, mamlakat yalpi içki mahsulot hajmida oliy ta’lim muassasalari hissasini oşiriş va OTMlar ekspansiyasi, ya’ni xorijda özbek universitetlari filiallarini oçişgaça bölgan katta maqsadlar belgilab qöyilgan.
Bugun mana şu hujjat qabul qilinganiga ham salkam uç yil vaqt ötdi. Bu orada vazirlikka kelgan Abduqodir Toşqulov OAV bilan bölgan qator yiğinlarda oliy ta’limdagi köplab kamçiliklar tuzatilib, qöşimçasiga katta yutuqlarga erişilayotgani haqida bayonotlar berdi.
Xöş, oliy ta’lim tizimi bugun çindan köp yillik muammolarini hal qilib oldimi?
2030 yilgaça rejalangan islohotlar böyiça hammasi kutilganidek ketyaptimi? Katta yutuqlarga erişilyaptimi çindan?
Şuningdek, işlarning borişidagi bugungi tezlik bilan kutilgan natijalarga amalda erişa olamizmi?
Kun.uz muxbiri şu kabi savollarga javob oliş uçun “Boursa National” kompaniyasi ijroçi direktori, professor Azamat Akbarovni tahliliy suhbatga taklif etdi.
— Azamat aka, yaxşi bilasiz, bugungi zamonaviy universitetlarning 3ta asosiy vazifasi bor. Bu – ta’lim beriş, tadqiqotlar olib boriş va şu tadqiqotlarni işlab çiqarişga joriy qiliş orqali mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiriş. Bugun bizdagi ta’lim-ku, sifatsiz bölsa-da, berilayotgandir. Xöş, OTM özining qolgan ikki vazifasini qançalik eplayapti?
— Hozir rivojlangan universitetlarning juda köp tendensiya va vazifalari bor. Jumladan, siz aytgan vazifalar ham. Men bu vazifalarni Özbekiston şaroitida ikkiga bölgan bölardim. Ya’ni hozirgi vaqtda özbek universitetlarining birinçi missiyasi bu – sifatli darsliklar çiqariş va insonlar farovonligiga hissa qöşiş, ikkinçi missiyasi esa iqtidorli yoşlarni topib, ularning yetarli malaka va könikmalarga ega bölişiga sababçi böliş.
Bugun ta’lim faoliyati bilan şuğullanadigan universitetlarning yana bir vazifasi bu – ilmiy tadqiqotlar qiliş va şu tadqiqotlarni xususiy sektorga sota oliş. Ya’ni universitetlarni 3.0 universitetlar darajasiga olib çiqiş. Ya’ni tadbirkorlik bilan şuğullanadigan universitetlar. Çunki bunday universitetlar bozorga sifatli mahsulotni taqdim eta oladi. Deylik, Amerika Qöşma Ştatlari, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi universitetlarning davlat yalpi içki mahsulotidagi örni juda katta. Masalan, Avstraliyada ilm va tadqiqotga sarf etilgan har bir dollar davlatning iqtisodiy ösişiga beş dollar sifatida qaytadi. Tasavvur qilyapsizmi, bir dollar beş dollar bölib qaytadi. Yoki öşa Avstraliyada ta’limga işlatilgan bir dollar davlat xazinasiga soliq sifatida uç dollar bölib qaytadi. Şu tufayli ham u yerdagi davlat universitetlari har yili davlat budjetiga 50 mlrdga yaqin mablağ keltiradi. Amerikada bu raqam 600 mlrd dollar. Bu juda katta raqamlar.











