“Huquqiy axborot” kanalida yozilişiça, bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga ötkaziş sabablarini körsatib maktab direktori nomiga ariza beradi.

Direktor arizani olgan kundan 1 iş kunida körib çiqadi va öquvçini sinfdan sinfga ötkaziş töğrisida buyruq çiqaradi.

Sinfdagi öquvçilar soni me’yordan (35 nafar) ortiq bölganda, direktor öquvçini sinfdan sinfga ötkazişni rad qilişi mumkin.

Rad etiş haqida direktor 3 kunda ota-onalarga yozma ravişda ma’lum qilişi kerak.

Direktorning öquvçini sinfdan sinfga ötkaziş töğrisidagi buyruği qabul qilingaç, 3 kunda sinf jurnali va öquvçilar harakati daftariga tegişli yozuv kiritiladi.