Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy özining reanimatsiyaga tuşib qolgani töğrisidagi xabarni rad etdi, deb xabar berdi RBK.
Avvalroq Ukrainadagi TAVR Media holdingiga qaraşli radiostansiyalar Zelenskiy reanimatsiyada oğir ahvolda yotgani, prezident vazifasini esa oliy rada spikeri Ruslan Stefançuk bajarayotganini xabar qilgandi.
Zelenskiy bu ma’lumotni «feyk» deb atadi.
«Mana, xonamda ötiribman. Özimni heç qaçon hozirgidek bardam his qilmaganman. Bunday feyk tarqatuvçilar uçun yomon xabar: men yolğiz emasman. Biz 40 milliontamiz. Va keksalarga hurmat bajo keltirgan holda aytaman: 44 yoş – bu 70 yoş emas», — dedi Ukraina prezidenti.
TAVR Media holdingi unga qaraşli radiostansiyalar serverlari va tarmoqlariga kiberhujum bölganini bildirdi.
«Ukraina prezidentining salomatligi bilan boğliq muammolar töğrisidagi heç bir xabar haqiqatga mos emasligini ta’kidlaymiz», — deyiladi holdingning Facebook sahifasidagi bayonotida.
TAVR Media holdingiga «Xіt FM», «Kiss FM», Radio ROKS, Radio Relax, «Melodіya FM», «Naşe Radіo», Classic Radio, Radio Jazz, «Radіo Bayraktar» radiostansiyalari kiradi.













