Kiyevga AQŞ kongressi vakillar palatasi delegatsiyasi keldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Zelenskiy Ukrainaga xavfsizlik sohasida yangi yordam paketi e’lon qilingani uçun AQŞga minnatdorlik bildirdi.

U ayniqsa, HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari va snaryadlar taqdim etilişi ayni muddao bölganini qayd etdi.

Zelenskiyning qöşimça qilişiça, Kiyev AQŞning Ukraina himoyasiga qöşayotgan hissasini qadrlaydi.

22 iyul kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 175 mln dollarlik harbiy yordam paketi ajratilişi töğrisidagi memorandumni e’lon qildi.