O‘zbekiston | 11:55 / 24.07.2022
8431
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi ishlab chiqarish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi holatini o‘rganish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 iyuldagi "Aholini neft mahsulotlari bilan ta’minlashning uzluksizligini va narxlar barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida"gi 158-sonli bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Yig‘ilishda xomashyo xarid qilish hajmini oshirish, mamlakatimiz iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash uchun kamida olti oylik tayyor mahsulot yetkazib berishni ta’minlash, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida, GTL naftani jalb qilish orqali benzin ishlab chiqarishga oid asosiy masalalar muhokama qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisiga 2022 yil 22 iyul kuni GTL sintetik naftasining birinchi partiyasi qabul qilingani, undan tegishli qo‘ndirma(prisadka)lardan foydalangan holda avtobenzinning mashhur markalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lum qilindi.

Foto: O‘zbekneftgaz

“O‘zbekneftegaz" AJ Boshqaruv raisi ichki bozorda avtobenzin va dizel yonilg‘isi taqchilligi vujudga kelishi va buning oqibatida respyblika ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish maqsadida, 2022 yil 15 iyuldan boshlab yil yakuniga qadar respublika korxonalarida ishlab chiqarilgan 2710 TIF TN kodiga mansub avtobenzin va dizel yonilg‘isi eksporti taqiqlanganligi, shuningdek, bunda avtobenzin va dizel yonilg‘isini tegishli topshiriqlar va grafiklar asosida eksportga sotish faqat ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eksport shartnomalari (shyningdek, birjada tuzilgan shartnomalar) asosida amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Yig‘ilishda zavod rahbariyatiga 2022 yil iyul-dekabr oylarida neft maxsulotlarini ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini to‘liq xajmlarda bajarish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ''O‘zbekiston Respyblikasi tovar-xomashyo birjasi" AJ bilan birgalikda joriy yilning 15 iyulidan 1 avrystiga qadar kunlik birja savdolariga qo‘yiladigan avtobenzin hajmini mavjud resurslardan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish vazifasi berildi.

Shuningdek, neft bazalar omboridan birja savdolari orqali xarid qilib olingan avtobenzinni o‘z vaqtida iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlash uchun, zavod tomonidan tasarrufdagi neft bazalariga zarur avtobenzin miqdorlarini yuklab berish yuzasidan jadval (grafik) ishlab chiqish va ijrosini qatiy nazoratga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi zavodning sanoat quvvatlarining uzluksiz ishlashini va muntazam mahsulot yetkazib berilishini ta’minlash, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zarur zaxiralarni shakllantirish yo‘lida barcha zarur choralar ko‘rilishi bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari, noqulay iqlim sharoiti(yuqori harorat)ni hisobga olib, obektlarni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi, mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarga alohida e’tibor qaratish, ishlab chiqarish faoliyatini doimiy nazorat qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid