Xorijiy davlatlar rahbarlari Şavkat Mirziyoyevni tabriklamoqda
|22:46 / 24.07.202219 89610 min
Bugun, 24 iyul kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 65 yoşni qarşiladi. Şu munosabat bilan qöşni davlatlar va mintaqaning boşqa mamlakatlari rahbarlaridan tabriklar kelmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Şavkat Mirziyoyevni tuğilgan kuni bilan tabrikladi.
Tojikiston
Dastlab Tojikiston prezidenti Özbekiston rahbari bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat avvalida Tojikiston yetakçisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Joriy yil 2-3 iyun kunlari Tojikiston prezidentining mamlakatimizga rasmiy taşrifi yakunida erişilgan kelişuvlarni bajariş böyiça «yöl xaritasi»ni öz vaqtida amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi. Eng avvalo energetika sohasidagi kooperatsiya loyihalarini jadallaştirişga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil sentabr oyida ötkaziladigan Şanxay hamkorlik taşkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Qozoğiston
Şavkat Mirziyoyevning Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bilan telefon orqali muloqotida köp qirrali munosabatlarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida Qozoğiston yetakçisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan çin dildan tabriklab, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi. Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Savdo va logistika, sanoat va agrosanoat sohalarida kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş muhimligi qayd etildi. Özbekiston va Qozoğiston hukumatlari darajasida yaqindan aloqalarni davom ettirişga kelişib olindi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi. Şu hafta Qirğizistonda ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvining samarali natijalari yuksak baholandi. Mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni tez fursatda tayyorlaş va amalga oşirişni boşlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
Şavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan ham muloqot qildi. Qozoğistonning birinçi prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan dildan qutlab, birodar Özbekiston xalqiga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Suhbatda mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib, Özbekiston-Qozoğiston yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari izçil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mintaqadagi vaziyatning rivojlanişi yuzasidan fikr almaşildi. Şu yilning 20-21 iyul kunlari Qirğizistonda ötkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvining yakunlariga yuksak baho berildi.
Qirğiziston
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqotda bölajak oliy darajadagi uçraşuvlar kun tartibi muhokama qilindi.
Suhbat avvalida Qirğiziston prezidenti davlatimiz rahbarini tuğilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, birodar Özbekiston xalqiga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlarning kun tartibini tayyorlaş masalalari muhokama qilindi. Ikki mamlakat hukumatlari savdo şartnomalari va sanoat kooperatsiyasi bitimlarining yangi töplamini, şuningdek, Özbekiston-Qirğiziston strategik şerikligining ustuvor yönalişlari böyiça boşqa ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlaşi muhimligi qayd etildi.
Energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.
Ozarboyjon
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqotda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Ozarboyjon yetakçisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, birodar Özbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Prezidentlar joriy yil 21-22 iyun kunlari mamlakatimizda ötgan oliy darajadagi ikki tomonlama uçraşuv va tadbirlarning sermahsul natijalarini yuqori baholadilar. Özbekiston-Ozarboyjon muzokaralari yakunida qabul qilingan bitim va kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Hukumatlar va idoralar darajasida faol muloqotlar va almaşinuvlar davom etayotgani, özaro tovar ayirboşlaşning ösiş sur’atlari yuqori va barqaror ekani, kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş böyiça birgalikda samarali işlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Şuningdek, bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlarga, şu jumladan şu yili noyabr oyida Samarqandda ötkaziladigan Turkiy davlatlar taşkilotining sammitiga tayyorgarlik köriş masalalari körib çiqildi.
Turkmaniston
Turkmaniston sobiq prezidenti, Milliy Kengaşi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.
Xalq Maslahati raisi Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va birodar turkman xalqi nomidan davlatimiz rahbarini tuğilgan kuni bilan dildan muborakbod etib, Özbekistonga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Özbekiston-Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Joriy yil 14-15 iyul kunlari mamlakatimizga amalga oşirilgan oliy darajadagi taşrifning samarali yakunlari yuqori baholandi. Qabul qilingan «yöl xaritasi» asosida erişilgan kelişuvlarni, şu jumladan Sanoat kooperatsiyasi böyiça örta muddatli dasturni, Çegaraoldi savdo zonasini taşkil etiş loyihasini, birinçi Hududlar forumi va Işbilarmonlar kengaşi yakunida imzolangan savdo şartnomalari va bitimlarini amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi.
Samarali yölga qöyilgan parlamentlararo muloqot doirasida olib borilayotgan faol aloqalar va almaşinuvlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşildi, jumladan, joriy yil noyabr oyida Samarqand şahrida Turkiy davlatlar taşkilotining sammitini ötkaziş masalalari körib çiqildi.
Rossiya
RF prezidenti Vladimir Putin ham Özbekiston rahbariga telefon qildi, muloqotda ikki tomonlama va mantaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama etildi.
Suhbat avvalida Rossiya yetakçisi prezidentimizni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat hamda Özbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yölidagi davlatçilik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Şuningdek, Vladimir Putin kuni keça Şavkat Mirziyoyevni döstlik va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşdagi katta xizmatlari uçun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlaş töğrisida farmon imzolangani haqida xabar berdi. Davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentiga Özbekiston-Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho bergani va ularni yanada mustahkamlaş masalalarini har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorlik bildirdi.
Oliy darajadagi uçraşuvlarda erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişi körib çiqildi. Hukumatlararo darajada yölga qöyilgan samarali hamkorlik mexanizmlari doirasida, şu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikning yuqori sur’atini ta’minlaş va ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş maqsadida birgalikdagi faol işlarni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
Özbekiston va Rossiya yetakçilari hududlar örtasidagi samarali aloqalar va almaşinuvlarni ham mamnuniyat bilan qayd etib, ularni yanada kengaytiriş lozimligini ta’kidladilar. Mintaqaviy kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil sentabr oyida Samarqand şahrida ötkaziladigan Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Belarus
Aleksandr Lukaşenko ham Özbekiston yetakçisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, döst Özbekistonning köp millatli xalqiga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Prezidentlar keyingi yillarda köp qirrali Özbekiston-Belarus munosabatlari jadal rivojlanib, aniq mazmun bilan boyib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etişdi.
Özaro savdo hajmi ortayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari soni oşayotgani, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi almaşinuv kengayayotgani ta’kidlandi.
Hukumatlar rahbarlari darajasida muntazam va samarali muloqot yölga qöyilgani yuqori baholandi. Maşinasozlik, agrosanoat majmui, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida, amaliy hamkorlikning boşqa yönalişlarida istiqbolli loyihalar işlab çiqilmoqda.
Xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi. Joriy yil sentabr oyida Samarqand şahrida ötkaziladigan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitining kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.
Turkiya
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqotda köp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari körib çiqildi. Turkiya yetakçisi davlatimiz rahbarini tuğilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam soğlik, farovonlik va katta zafarlar, şuningdek, birodar Özbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Rajab Erdöğan Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izçil rivojlanişni ta’minlaş borasidagi qat’iy sa’y-harakatlarini töliq qöllab-quvvatlaşini yana bir bor tasdiqladi.
Ikki tomonlama hamkorlik va global siyosatning dolzarb masalalari körib çiqildi. Oliy darajada erişilgan, şu jumladan özaro savdo hajmini oşiriş, energetika, qişloq xöjaligi, quriliş sohalarida, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qiliş böyiça investitsiya loyihalarini jadallaştiriş hamda gumanitar almaşinuvni faollaştiriş borasidagi kelişuvlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqadagi vaziyatning rivojlanişi yuzasidan fikr almaşildi. Özbekiston, Turkiya va Ozarboyjonning taşqi işlar, savdo va transport vazirlari darajasida köp tomonlama maslahatlaşuvlarni yölga qöyiş taşabbusining amaliy ahamiyati qayd etildi. Joriy yil noyabr oyida Samarqand şahrida Turkiy davlatlar taşkilotining sammitini ötkaziş masalalari muhokama qilindi.