«Toşkent Afğoniston böyiça xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiladi. Unda 20 dan ortiq davlat delegatsiyalari iştirok etadi. Prezident ularga murojaat qilişi kutilmoqda», - dedi u. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Toşkentda «Afğoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot» mavzusida xalqaro konferensiya bölib ötadi.

Quyidagilar uşbu tadbirning asosiy maqsadlari hisoblanadi:

  • xalqaro hamjamiyatning afğon vektori böyiça kelişilgan harakatlarini işlab çiqiş, mamlakat iqtisodiyotini tiklaş, afğon xalqiga şoşilinç gumanitar yordam körsatiş böyiça aniq taklif va harakatlarni işlab çiqiş;
  • Kobulning yangi hokimiyati tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablarini bajariş jarayonini jadallaştiriş masalasi böyiça xalqaro hamjamiyatning samarali muloqotini yölga qöyiş - keng vakillik, ayollar huquqlarini hurmat qiliş va ta’minlaşga asoslangan hukumatni yaratiş, qizlarning töliq maktab ta’limiga kirişi;
  • Afğoniston muvaqqat hukumati tomonidan Afğoniston hududidan qöşni davlatlar, mintaqaning boşqa davlatlari va butun dunyo xavfsizligi manfaatlariga zid foydalanişning oldini oliş böyiça ilgari öz zimmalariga olgan majburiyatlarni tasdiqlaş;
  • Afğonistonning xorijdagi moliyaviy aktivlarini muzlatişning muhimligi, şuningdek, mamlakat hududida transport, kommunikatsiya va energetika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş.

Ayni damda anjumanda Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi, Eron, Italiya, Ispaniya, Qozoğiston, Qatar, Qirğiziston, Tojikiston, Xitoy, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, AQŞ, Turkiya, Yaponiya va boşqa davlatlardan Afğoniston böyiça maxsus vakillar, BMT va uning nizom organlari, Islom hamkorlik taşkiloti, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti rahbarlari, xalqaro moliya institutlari vakillari, şuningdek, birinçi marta taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy boşçiligida Afğoniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi iştirok etişi kutilmoqda.

Tadbirda jami 100 ga yaqin xorijiy delegatsiyalar iştirok etadi. 

Anjumanda delegatsiyalar rahbarlarining çiqişlari rejalaştirilgan. Uning doirasida Afğonistonni rivojlantiriş va xalqaro jarayonlarga integratsiyalaşuviga qaratilgan, Özbekiston tomonidan amalga oşirilayotgan yirik loyihalar taqdimoti ham taşkil etiladi: 

Ular:

  • «Termiz – Mozori-Şarif – Kobul – Peşovar» temiryöli qurilişi loyihasi;
  • «Surxon – Puli-Xumri» elektr tarmoğini yotqiziş loyihasi;