Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston aholisini ijtimoiy himoya qiliş strategiyasini tasdiqladi.
Unda fuqarolar uçun minimal ijtimoiy himoya darajasini kafolatlaş tizimini yaratiş nazarda tutilgan, strategiya tört yönalişni qamrab oladi. Moliya vazirligi yangi tizim bilan nimalar özgarişini tuşuntirdi.
Ijtimoiy xizmatlar – oilalarning individual holatlariga qarab xizmatlar va yordam körsatiladi
Bu yönalişda amalga oşiriladigan çora bu ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasiga tuşirişdir. Ya’ni yaqindagina faoliyati joriy etilgan mahalladagi xotin-qizlar faollari zimmasiga ijtimoiy himoya dasturlariga ehtiyojmand oilalarni yönaltiriş yuklatiladi.
2022-2023-yillar davomida uşbu xotin-qizlar faollari ehtiyojmand oilalar bilan işlaşga örgatilib, ularning faoliyati yölga qöyiladi. Bunda, xotin-qizlar faoli mahallalarda ehtiyojmand deb hisoblangan oilalarga taşrif buyurib ularning muammolarini örganadi. Har bir faolning qölida maxsus planşet böladi va ular oilada ötkazilgan suhbat va kuzatuvlarga asosan tegişli ma’lumotlarni planşetga kiritadi.
Misol uçun, çekka bir qişloqda bir oila yaşaydi. Bu oiladagi ona işlamaydi, negaki uning kasalmand bolasi bor. Ammo ular uşbu bolaga davlat tomonidan körsatiladigan yordam va xizmatlar mavjud ekanidan bexabar. Şunda, xotin-qizlar faoli bu oilaga taşrif buyurganda ularning muammolarini tinglab boradi va yaşaş şaroitini örganadi. Bunda, u bolaning kasalligini bilgaç, tegişliça nogironlikni baholaşga yönaltiradi. Bolaning nogironligi baholangaç, xotin-qizlar faoli davlat tomonidan körsatiladigan xizmatlar va yordamni olişga ariza berişga kömaklaşadi. Ya’ni bola tegişli texnik reabilitatsiya moslamasi bilan ta’minlanadi, unga har oy tölanadigan nogironlik nafaqasi tayinlanadi, onasiga esa bolaning kasalligidan kelib çiqib nogiron bolani parvariş qiliş nafaqasi tayinlanadi. Bundan taşqari, bola maktab yoşida bölsa, xotin-qizlar faoli uni maktabga joylaştirişga yordam beradi. Şunday qilib, bu oilaning ijtimoiy himoyasi töliq ta’minlanadi.
Şu tarzda, har bir oilalarning individual holatidan kelib çiqib, tegişliça davlat ijtimoiy yordam va xizmatlari körsatib boriladi.















