Tomas Niklassonning ta’kidlaşiça, Yevropa ittifoqi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda döstlik, işonç va özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş böyiça mintaqaviy siyosati va taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaydi. 

Bildirilişiça, buning natijasida mintaqada qisqa muddatda tarixiy özgarişlar röy berdi, oliy darajadagi siyosiy muloqot mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar kengaymoqda.

Özbekiston va Yevropa ittifoqi örtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Özbekiston va Yevropa ittifoqi örtasida kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim tasdiqlanganini olqişladi va uşbu muhim hujjatni imkon qadar tezroq imzolaş zarurligini qayd etdi.

Afğonistondagi mavjud vaziyat yuzasidan atrofliça fikr almaşildi. T.Niklassonning ta’kidlaşiça, Bryussel Özbekistonning afğon muammosini hal etişdagi siyosiy-diplomatik sa’y-harakatlari va alohida örnini yuqori baholaydi. Yevropa ittifoqining mintaqaviy kun tartibi böyiça Toşkent bilan muntazam muloqotni davom ettirişdan manfaatdorligi ma’lum qilindi.

Yevropa tomoni Afğoniston böyiça xalqaro konferensiya öz vaqtida ötkazilganini qayd etdi. Tadbir iştirokçilari yuksak saviyasi Özbekistonning muhim örni va respublikaning afğon muammosini hal etişdagi sa’y-harakatlari e’tirof etilişidan dalolat berişi ta’kidlandi. 

Tadbir şuningdek, rasmiy Toşkent siyosatining izçilligi, afğon zaminida tinçlik örnatişga salmoqli hissa qöşişga tayyorligini körsatadi. Şu nuqtayi nazardan, Afğonistonga gumanitar yordam körsatiş böyiça xalqaro köp funksiyali transport-logistika xab faoliyatiga yuqori baho berildi.