27 iyulga ötar keçasi ijtimoiy tarmoqlarda uşbu köprik yoppasiga öqqa tutilgani haqida videolar va xabarlar tarqala boşladi. Öşanda rossiyaparast hukumat köprik şikastlanmaganini ma’lum qilgandi. Endi ular köprik ta’mirga muhtoj ekanini tan olişmoqda.
«Köprikka zarbalar kelib tuşgan, ammo u butkul vayron bölmagan. Teşiklar köpaygan», degan Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan «yangi hukumati» vakili Kirill Stremousov TASS muxbiriga bergan intervyusida.
Uning qayd etişiça, ukrain harbiylari turli artilleriya tizimlari, jumladan HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimi orqali 10 dan ortiq snaryad yöllagan, göyoki ularning bir qismi Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi orqali töxtatib qolingan.
Xerson oblasti harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Volodimir Saldo esa yana ikki raketa Xerson yaqinidagi temiryöl köprigiga kelib tuşganini qöşimça qilgan.
Tongda Ukraina tomoni ham köprikka yöllangan zarbalar böyiça ma’lumot berdi. «Bizning artilleriyamiz işi şunçalik puxta va zargarona böldiki, bu raqib qöşinining ruhini tuşiradi. Çunki Antonov köprigiga zarbalar berildi. Va bu zargarona amalga oşirildi», dedi «Janub» qömondonligi matbuot xizmati rahbari Natalya Gumenyuk teleefirda.
U ukrain kuçlari Xerson oblastidagi strategik muhim transport yöllarini «zarba nazorati ostida» tutib turgani va bu rossiyaliklar öq-dori hamda jonli kuçlarni olib kelişiga tösqinlik qilişini aytgan. Şu bilan birga, Ukraina qurolli kuçlari infratuzilmalarni asraşga harakat qilayotgani ta’kidlangan. «Biz infratuzilmani yöq qilmaymiz, biz duşmanning rejalarini yöq qilamiz», degan u.

Mazkur obektning strategik ahamiyati şu bilan izohlanadiki, bu Xersonni Dneprning çap sohili, şuningdek Rossiya harbiylari tomonidan fevral oyidayoq egallab olgan boşqa hududlar bilan boğlovçi asosiy köprikdir. Agar u vayron etilsa, armiya ta’minoti işdan çiqadi, bu esa Ukraina qurolli kuçlari Xerson oblastida hujumga ötişga tayyorlanayotgani fonida yanada muhim.















