«Meduza» internetda e’lon qilingan oçiq ma’lumotlar (tomonlarning bayonotlari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolar) asosida sönggi kunlarda Ukrainadagi harbiy harakatlar kölamini aks ettiruvçi özgarişlarni jamladi.

  • Severodonetsk va Lisiçansk egallangaç, iyul oyi boşidan rossiyaliklarning Donbassdagi yurişlari töxtab qoldi. Ukraina qöşinlari Lisiçanskda qurşovga tuşib qolişdan qutulib qoldi va Seversk — Soledar — Baxmut böylab yangi front çiziği taşkil etildi. Aftidan, Rossiya qömondonligi rejalariga bu liniyaga töğridan töğri hujum qiliş kiritilmagan. Ehtimol, yurişlar sur’atiga Ukraina armiyasining front ortidagi öq-dori omborlariga raketa zarbalari yöllagani ta’sir körsatgan - bunday hujumlar oqibatida Rossiya qöşinlarining ta’minoti izdan çiqqan. Nima bölmasin, Donbassda «operativ pauza» bir neça haftadan buyon davom etmoqda.
  • Xarkivdan şimolda ham rossiyaliklarning qarşi hujumlari töxtab qolgan. Bu yönalişda şunçaki operativ maqsad qöyilmagan: şaharni qurşovga oliş, ayniqsa uni şturm bilan egallaş uçun yetarli kuç yöq.
  • Slovyansk hududida ham ilgarilaş kuzatilmayapti, bu hududdagi örmonzorlarda rossiyalik harbiylar bahordan buyon turib qolişgan. Holbuki, keyingi yirik yuriş şu yerdan boşlanişi kutilayotgandi. 
  • Agar Ukraina şarqida vaziyat şunçaki «barqarorlaşgan» bölsa, Xerson hududida Rossiya armiyasi uçun tölaqonli operativ inqiroz alomatlari yuzaga kelmoqda. May va iyun oylari mobaynida oçiq daşt hududi böylab yurişlar amalga oşiriş uçun urinişlar muvaffaqiyatsizlikka uçragaç (bu urinişlar Rossiya artilleriyasi tomonidan töxtatildi), ukrain qömondonligi strategiyani özgartirdi. Rossiya armiyasining asosiy kamçiligi logistika bölib qolayotgani tufayli, AQŞdan uzoq masofaga otuvçi HIMARS baravar öt oçiş tizimlarini qabul qilib olgan ukrain harbiylari rossiyaliklarning kommunikatsiya tizimlarini öqqa tuta boşladi.
  • Bunday hisob-kitob tuşunarli: ukrain armiyasining barça muvaffaqiyatlariga yalpi hujumga ötiş harakatlari orqali emas, balki rossiyalik harbiylarni ta’minotdan uzib qöyiş orqali erişilgan. 150 kunlik uruş tarixi şuni körsatadiki, Rossiya qömondonligi ta’minotda inqiroz yuzaga kelgan taqdirda qöşinlarni olib ketişni afzal köradi (va bu «ezgu niyat qadami» deb ataladi). Mart oyi oxirida rossiyalik harbiylar Kiyev, Çernihiv va Sumi oblastlaridan ketganida ham şunday bölgandi; iyun oyi oxirida Ilon orolidagi garnizon evakuatsiya qilinganda ham şunday böldi.
  • Rossiyaliklarning Dnepr daryosining öng sohilida, Xerson va Mikolyiv oblastlaridagi barça kommunikatsiya tizimlari armiya fevral oyi oxiri va mart oyi boşlarida egallab olgan bir neça köpriklarga tayanadi. Bu köpriklar orqali qöşinlarning yirik guruhlari oziq-ovqat va öq-dori bilan ta’minlanadi (bir neça ön ming kişi va yuzlab artilleriya tizimlaridan iborat guruhlar).