“Boursa National” kompaniyasi ijroçi direktori, professor Azamat Akbarov Kun.uz’ga bergan intervyusida talabani tört yil universitetda uşlab ötiriş notöğri ekanini ta’kidlab, universitetlarni 3 yillikka özgartiriş taklifi bilan çiqdi.

“Bir narsani tuşuniş kerak, 2030 yilga borib universitetlar bajaradigan vazifa va maqsadlar butunlay özgarib ketadi. Ular transformatsiya böladi va şaklini özgartiradi. Masalan, öşa vaqtga borib oddiy öquv markazlari ham universitet bölişi mumkin. Çunki öquv markazlari hozir bozor talab qilgan könikma va malakaga ega bitiruvçini yetkazib beryapti.

Ya’ni bugun öquv markazlar deylik, IT’ni örganişga ehtiyoji bor insonga bu sohani 6 oyda örgatib, uni ming, bir yarim ming dollarli işga tayyor kadr qilib yetkazib beryapti. Talaba bu holatni körarkan, nima uçun men 4 yil öqişim kerak, deya öylay boşlaydi.

1980-90 yillardan boşlab amerikalik talabalar orasida universitetlarini taşlab ketiş holatlari köpaygan. Masalan, biz bilgan IBM, Apple, Facebook yoki WhatsApp asosçilari ikkinçi, uçinçi kursdan universitetni taşlab ketgan. Bu qiziqişlarning susayişidan emas, ular öşa muddatda özi istagan bilimga ega bölişdi va öylaşdiki, biz yaxşisi öz startaplarimizni davom ettiramiz.

Körasiz, yaqin orada bu an’ana bizga ham yetib keladi. Talabalar ikkinçi va uçinçi kurslardan universitetlarni taşlab ketişni boşlaşadi. Çunki biz bilimga asoslangan jamiyatda yaşayapmiz.

20 yil avval bilimning markazi universitetlar edi. Hozir qutblar özgara boryapti.

Men hozir sizni qörqitadigan bir misol aytaman. Bugun universitetlar internetda bor bölgan ma’lumotni öqitib, talabadan kontrakt puli olyapti. Öqituvçi internetdan ma’lumotni olyapti va uni taqdimot şaklida darsga olib kirib, talabaga nimadir tuşuntirişga harakat qilyapti. Bu ham yetmagandek, öşa narsani taqdimotga qarab öqib beryapti. Kerak bölsa, imlo xatoliklari bilan öqib beryapti.

Hozir universitetlar bilim manbayi hisoblanmaydi. Amerikaga boring, insonlar Silikon vodiysida 7-8 oylik kurslarni bitirib, katta işlarga kirişyapti. Heç kim ulardan bakalavr diplomini söramaydi.

Nima uçun biz talabalarni tört yil uşlab turişimiz kerak? Yevropa tölaligiça 3 yillik ta’limga ötib böldi-ku. Nima uçun, sababi bitta – raqamli va tezkor rivojlanayotgan dunyoda birinçi kursda beriladigan bilimlar törtinçi kursda eskiryapti”, – dedi professor.