Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lyuksemburgdagi sud RT France'ning YeIda taqiqlanishiga oid da’vosini rad etdi
Lyuksemburgdagi sudyalar kanal «Rossiyaning beqarorlashtirish siyosatini» qo‘llab-quvvatlagani munosabati bilan RT efirlari taqiqlanishini «o‘rinli va zarur» deb topdi.
Lyuksemburgdagi Yevropa sudi RT France telekanalining YeI kengashiga qarshi kanalning Yevropa hamjamiyati hududida efirga chiqishini taqiqlash masalasi bo‘yicha da’vosini rad etdi. Qaror 27 iyul, chorshanba kuni Yevropa umumiy yurisdiksiya sudi katta palatasi tomonidan qabul qilindi.
«Sud da’voni to‘liq rad etadi», — deyiladi qaror matnida.
Lyuksemburgdagi sudyalar «maqsadlar» va jazo choralari qo‘llashning «muhim konteksti» nuqtayi nazaridan telekanalga nisbatan sanksiyalarni «to‘g‘ri va zarur» deb topdi. Lyuksemburgdagi instansiya YeI kengashi RT France tomonidan «Rossiyaning Ukrainaga qarshi beqarorlik va tajovuzkorlik siyosati»ni «faol qo‘llab-quvvatlanishi» fakti tasdiqlangan, degan xulosaga keldi. Bundan tashqari, telekanal RFning Ukrainaga qarshi urushini oqlaydigan hamda YeI jamoat tartibi va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni uzatgan, deya bildirdi Lyuksemburgdagi sud.
RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov yuqoridagi qarorga izoh bilan chiqdi.
«Albatta, biz mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan g‘arb OAVga ham shunday bosim choralarini ko‘ryapmiz va ko‘rishda davom etamiz», deya ta’kidladi u. «Biz ularning mamlakatimizda ishlashiga ham ruxsat bermaymiz, bu yerda yumshoq pozitsiya bo‘lmaydi», - deya qo‘shimcha qildi Peskov. Uning fikricha, Rossiya telekanallari ishini taqiqlash orqali «yevropaliklarning o‘zlari butun dunyo bo‘ylab tarqatayotgan ideallarini oyoqosti qilmoqda».
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen mart oyi boshida YeIda RT va Sputnik agentligi efiri taqiqlangani haqida gapirar ekan, shunday degandi: «Biz erkin va mustaqil mamlakatga shafqatsiz hujum haqida ommaviy tashviqot va dezinformatsiyaga guvoh bo‘lamiz».
1 mart kuni YeI kengashi RT English, RT UK, RT Germany, RT France, RT Spanish, shuningdek, Sputnik agentligi efirini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunga asos sifatida, xususan, Rossiya bu kanallar orqali Ukrainaga tajovuzini oqlash hamda shu orqali YeI jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solishi uchun tashviqot olib borayotgani aytildi. RT France bunga javoban Yevroittifoq sudiga da’vo arizasi bilan chiqdi, shuningdek, taqiqni to‘xtatib turish bo‘yicha dastlabki huquqiy himoya so‘rab taqdimnoma yubordi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026