Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekinvest” 2022 yilning 1-yarim yilligida sug‘urta faoliyati jadal rivojlanishini ta’minladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, jumladan, iqtisodiyot va moliya sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, bu sug‘urta bozori jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.
“O‘zbekinvest” kompaniyasi sug‘urta sohasi rivojlanishida faol ishtirok etib, barqaror rivojlanish dinamikasini namoyon etdi va biznes asosiy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sishini ta’minladi.
2022 yilning 1-yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekinvest” tomonidan 240 milliard so‘m miqdorida yalpi sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta’minlanib, 2021 yilning shu davriga nisbatan sug‘urta mukofoti o‘sishi 168 foizni tashkil etdi.
Tovar va xizmatlarning milliy eksportchilari 1,1 milliard AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etildi, bu esa mamlakatimizning xomashyo bo‘lmagan eksportining 29 foizini tashkil etdi.
2022 yilning 1-yarim yilligida xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urta bozorlarida kompaniyaning sug‘urta operatsiyalarining barqaror va dinamik rivojlanishi davom etdi hamda 149,6 milliard so‘m yoki 13,8 million AQSh dollari ekvivalentida qayta sug‘urta mukofotlarining yalpi tushumi ta’minlandi, bu esa 2021 yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar ko‘pdir.
Shu bilan birga, kompaniya sug‘urta portfelidagi sug‘urta xizmatlari eksportining ulushi 62 foizni tashkil etdi.
Ushbu yo‘nalishda kompaniya yetakchi xalqaro transmilliy sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta brokerlari bilan hamkorlik qiladi: "Allianz SE" (Germaniya), "Zurich Insurance Group" (Shveytsariya)", “Tokio Marine & Nichido Fire Insurance Co" (Yaponiya), "AXA" (Fransiya), “People Insurance Company of China” (Xitoy), “Korean Reinsurance Company” (Koreya), "Marsh" (AQSh), "AON" va "UIB" (Buyuk Britaniya) va global sug‘urta bozorining boshqa asosiy o‘yinchilari bilan.
Shunday qilib, so‘nggi yillarda “O‘zbekinvest” xalqaro sug‘urta bozorining faol, tan olingan va nufuzli ishtirokchisiga aylandi.
Kompaniya tomonidan korporativ segmentda 2021 yilning 1-yarim yilligi yakuniga nisbatan 136 foizga o‘sish bilan 49,5 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlanib, yuridik shaxslar bilan 32 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi.
Jismoniy shaxslarni sug‘urtalash segmentida 26,7 milliard so‘mlik sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlandi, 359 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi.
Joriy yilning iyun oyi natijalariga ko‘ra, chakana savdo tarkibida elektron polislarning (Ye-polici) ulushi 45% ni tashkil etdi.
Bunda kompaniyaning 14 ta filial va 209 ta sug‘urta bo‘limidan iborat rivojlangan hududiy tarmog‘i muhim rol o‘ynadi.
Joriy yilning 1-yarim yilligida 33,9 mlrd so‘m sug‘urta tovonlari to‘lanishi ta’minlandi, shu o‘rinda milliy eksportyorlarga 2,5 mlrd so‘m sug‘urta tovonlari to‘landi.
Ta’kidlash joizki, kompaniya xodimlarining mehnat unumdorligi sezilarli darajada 183% ga oshib, joriy yilning 1-yarim yilligi yakunlariga ko‘ra 1 nafar xodimga 416,5 million so‘m sug‘urta mukofotlari to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2021 yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatkich 227,2 million so‘mni tashkil etgan.
Shu bilan birga, kompaniyaning xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 97% gacha qisqartirildi.
2022 yil 21 may kuni O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Makon Marketing Forum” IV-chi biznes-forumida “O‘zbekinvest” kompaniyasi “Yil brendi”, hamda “Sug‘urta bozori yetakchisi” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.
2022 yil mart oyida «A.M. Best Company» (AQSh) tomonidan kompaniyaning navbatdagi xalqaro kredit reytingi “Barqaror” prognozi bilan “bb” darajasida tasdiqlandi, shu bilan birga, “O‘zbekinvest” ushbu agentlik reytingining yagona egasi va respublika moliya institutlari orasida eng yuqori xalqaro reyting sohibi bo‘lib qolmoqda.
Shu yilning may oyida 14 nafar eng yaxshi tuman bo‘limlari boshliqlari Pragadagi G‘arbiy Bogemiya universitetida (Chexiya) malaka oshirish kurslarini tamomladilar. Shuningdek, iyul oyida 15 nafar hududiy filial rahbarlari dunyodagi eng yirik o‘nta qayta sug‘urtalovchilardan biri, “Korean Resurance Company” Seuldagi (Janubiy Koreya) kompaniyasida malaka oshirish va tajriba almashish kurslariga Seul shahriga yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan vazifalarga muvofiq, “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2022 yilning 2-yarim yilligida ham respublika eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettiradi va tovarlar, ishlar va xizmatlar milliy eksportchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, investorlar va investitsiya loyihalarini, jumladan, erkin iqtisodiy, kichik sanoat va ixtisoslashtirilgan zonalar hududlarida joylashgan loyihalarni sug‘urtalash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi.
Respublikamizning mahalla va aholi yashash punktlarida "mahallabay" tizimi bo‘yicha ishlarni tubdan kengaytirish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Qishloq va shahar aholisining keng qatlamlarini sug‘urta himoyasini ta’minlash doirasida kompaniya tomonidan qishloq va shahar aholisi o‘rtasida faol tushuntirish ishlari olib borilmoqda, sug‘urta mahsulotlari savdosini rivojlantirishga yoshlar orasidan yangi sug‘urta agentlari jalb etilmoqda.
Shu bilan birga, kompaniya biznes-jarayonlarini raqamlashtirishga tubdan o‘tilishi yuzasidan ishlar davom ettiriladi, shu jumladan: O‘zbekistonda ilk bor mijozlarga xizmat ko‘rsatishning biometrik axborot tizimi – “Face ID”ni joriy etish, elektron polislar mahsulotlari qatorini ko‘paytirish, shu qatorda, korporativ mijozlar segmenti uchun xam, chakana savdo tarkibida elektron polislar (Ye-polis) ulushini 2022 yil oxiriga qadar 90 foizga yetkazish, sug‘urta da’volarini taqdim etishning interaktiv onlayn tizimini ishlab chiqish va axborot xavfsizligi infratuzilmasini takomillashtirish.
“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
10:00 / 19.06.2026
«O‘zbekinvest» TXIF-2026 doirasida investitsiyalarni sug‘urtaviy qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda va kengaytirmoqda
10:00 / 09.06.2026
«O‘zbekinvest» Shveytsariya sug‘urta bozorining yetakchi kompaniyalari bilan global hamkorlikni rivojlantirmoqda
10:00 / 21.05.2026
“O‘zbekinvest” EISK AJ hududiy filiallari rahbarlari Xitoyda malaka oshirdi
10:00 / 23.04.2026