ÖzA xabariga köra, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov, Rossiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Tyurdenev va boşqa şaxslar kutib oldi.

Taşrif dasturidan Özbekiston Taşqi işlar vazirligida muzokara ötkaziş va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toşkent şahridagi filialiga boriş közda tutilgan.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2020-2021 yillarga möljallangan Hamkorlik dasturini imzolaş rejalaştirilgan.