Ukrainadagi uruş tufayli energiya taşuvçilar narxining keskin ösişi yevrohududda inflatsiyaning yangi rekordlari örnatilişiga olib keldi. Xususan, iyul oyida iste’mol narxlari ötgan yilning şu oyiga nisbatan 8,9 foizga oşdi. Bu Yevropa statistika boşqarmasi Eurostat tomonidan 29 iyul, juma kuni e’lon qilingan jami narxlar ösişini baholaş böyiça dastlabki ma’lumotlardir. 

Şu bilan birga, iqtisodçilar bu körsatkiç iyun oyiga nisbatan özgarmasligini va yillik hisobda 8,6 foizni taşkil etişini kutgandi. May oyida umumevropa inflatsiyasi 8,1 foizni, aprelda esa 7,4 foizni taşkil etdi. Bu şuni anglatadiki, joriy inflatsiya darajasi hali ham Yevropa Markaziy banki (YeMB)ning 2 foizlik körsatkiçidan ança yuqori. 

Mutaxassislar va YeMB rahbari Kristin Lagard inflatsiyaning keskin ösişi tufayli foiz stavkalarini oşiriş taşabbusi bilan çiqdi. Bir hafta oldin, payşanba kuni, YeMB ön bir yil içida birinçi marta asosiy foiz stavkasini 50 bazaviy punktga oşirişini e’lon qildi. Bu dastlab e’lon qilinganidan ikki barobar köpdir. Boşqa markaziy banklar bilan taqqoslaganda, YeMBning reaksiyasi keçikdi. Ba’zi kuzatuvçilar fikriça, uşbu raqam yanada ösişi mumkin. YeMBning foiz stavkalari böyiça navbatdagi yiğilişi 8 sentabr kuni Frankfurt-Maynda bölib ötadi. 

Eurostat ma’lumotlariga köra, energiya taşuvçilar narxi iyun oyida 42 foizga oşganidan söng, iyul oyida yillik hisobda 39,7 foizga kötarilgan. Qayta işlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari narxi 11 foizga, xizmatlar narxi esa 3,7 foizga yuqoriladi. 

Yevrohududdagi eng yuqori inflatsiya darajasi yana uçta Boltiqböyi davlatida qayd etildi va 20 foizdan ortiqni taşkil etdi. Germaniyada Yevropa standartlari böyiça hisoblangan inflatsiya darajasi 8,5 foizga teng böldi.