Çet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirişda çet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Buning uçun abituriyentlar onlayn röyxatdan ötiş vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadi va ularning sertifikatlari mutaxassislar tomonidan tekşiriladi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilgi abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş jarayonida abituriyentlar tomonidan 29 mingdan ziyod çet tili sertifikati tizimga yuklandi.

Sertifikatlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan tekşirilganda 955 ta sertifikat talabga javob bermasligi aniqlandi, ularning aksariyati çet tili sertifikati emas.

Şuningdek, 56 ta sertifikat qalbaki ekani aniqlanib, bu böyiça tegişli ma’lumotlar tayyorlangan holda huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgan.

Qalbakilaştirilgan sertifikatlarning 44 tasi IELTS, 9 tasi milliy, 2 tasi HSK, 1 tasi TOEFL iBT sertifikatidir.

Joriy yilda çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega (sertifikatlari tasdiqlangan) abituriyentlar soni 28 116 nafarni taşkil etdi. Bu 2021 yilga nisbatan 17 468 nafarga yoki 2,6 barobarga köp (2021 yilda 10 648 nafar).