Tesla va SpaceX egasi Ilon Mask özi bilan kompaniyani sotib oliş böyiça bitimni yakunlaş uçun sudlaşayotgan Twitter’ga qarşi da’vo arizasi bilan çiqdi. Bu haqda 29 iyul, juma kuni CNBC telekanali xabar berdi. 

Mask suddan uning da’vosi tafsilotlarini oşkor qilmaslikni söradi, ammo CNBC ta’kidlaşiça, ular tez orada tahrirlangan şaklda ommaga taqdim etiladi. Bungaça milliarder Twitter’ni saytning reklama auditoriyasi va biznes salohiyatini tuşuniş uçun muhim ahamiyatga ega bölgan ijtimoiy tarmoqda röyxatdan ötgan spam va botlar soni haqidagi ma’lumotlarni taqdim etişdan boş tortgani uçun oçiq tanqid qilgandi.

Joriy yilning aprel oyi oxirida Mask Twitter aksiyalarining 100 foizini 44 milliard dollarga sotib olayotganini e’lon qildi, biroq oxir-oqibat iyul oyi boşida kelişuvdan qaytdi va buni unga kerakli ma’lumotlar taqdim etilişidan boş tortilgani bilan izohladi. 

Maskning advokatlari kompaniyaga yöllagan maktubida Twitter’dagi soxta va spam akkauntlarning haqiqiy soni ijtimoiy tarmoq xabar qilgan «beş foizdan kam» körsatkiçdan sezilarli darajada köp ekaniga işoniş uçun asos borligini aytgandi. Bu fonda Twitter aksiyalari taxminan 6 foizga arzonlaşdi.

Bunga javoban Twitter egalari milliarderni platforma va uning aksiyadorlari oldidagi majburiyatlarini bajarişdan boş tortişda aybladi hamda sud orqali tadbirkordan bitimni yakunlaşni talab qildi. Kompaniya fikriça, Mask kelişuv uning şaxsiy manfaatlariga javob bermay qolgani uçun öz majburiyatlarini bajarişdan boş tortmoqda.

«Maskning xatti-harakati u ixtiyoriy ravişda imzolagan majburiy şartnomadan uzoqlaşişga intilayotganini va bu jarayonda Twitter’ga zarar yetkazmoqçi ekanligini aniq tasdiqlaydi», — deyiladi kompaniya xabarida. 

Şartnoma şartlariga köra, tomonlardan biri undan voz keçsa, bir milliard dollargaça jarima közda tutilgan, deb ta’kidlaydi AFP. Kompaniya suddan tört kunlik sud jarayonini sentabr oyining örtalariga belgilaşni söradi. Delaver ştati sudi işni 17 oktyabrda körişni boşlaşni rejalaştirgan.