Ispaniyada maymun çeçagidan birinçi ölim holati qayd etildi. Bu haqda 29 iyul, juma kuni mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib, mahalliy OAV xabar berdi. Bu, ehtimol, Yevropada kasallik tufayli yuz bergan birinçi va Afrikadan taşqaridagi ikkinçi ölim holatidir, deya qayd etgan dpa.
Ispaniya Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, Valensiyada kasallangan odam şu kasallikdan vafot etdi. Idora bunday xabar e’lon qilişidan bir neça soat oldin Braziliya hukumati mamlakatda kasallik tufayli yuz bergan birinçi ölim haqida xabar berdi. Vafot etgan 41 yoşli erkakning, şifokorlar fikriça, limfoma tufayli immuniteti zaiflaşgan. Ölimlar Afrika qit’asidan taşqarida qayd etilgan ilk holatlar bölib, Afrikaning özida beş kişi kasallikdan vafot etgani ma’lum.
Ispaniya maymun çeçagi bilan kasallanganlar soni böyiça dunyoda AQŞdan keyin ikkinçi örinda turibdi. Milliy epidemiologik kuzatuv tarmoği (Renave) ma’lumotiga köra, mamlakatda 4298 ta kasallik holati qayd etilgan, ularda kamida 120 nafar kişi kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi Ispaniyaning rtve telekanali.
82 foiz holatda bemorlar jinsiy aloqa orqali kasallikni yuqtirib olgan. Kasallanganlarning katta qismi - 4000 dan ortiq kişi - erkaklar. Kasallanganlarning örtaça yoşi 37 yoşni taşkil etadi, deb yozadi rtve Ispaniya Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib.
23 iyul kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) maymun çeçagi kasalligi tarqalişini global soğliqni saqlaş uçun favqulodda holat deb e’lon qildi. Öşa vaqtga kelib 75 mamlakatda 16 000 dan ortiq holatlar ma’lum edi. Aksariyat holatlar Yevropa va Amerikada aniqlangan.
Tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, uşbu kasallik an’anaviy ma’noda jinsiy yöl bilan yuqadigan infeksiya emas, u har qanday yaqin jismoniy aloqa orqali yuqişi mumkin. «Biroq, bizning işimiz şuni körsatadiki, hozirgi kunga qadar yuqtiriş holatlarining aksariyati, birinçi navbatda, erkaklar orasida köp kuzatilmoqda», dedi tadqiqot rahbari Jon Tornhill.
Kasallik tarqalişiga qarşi kuraşiş uçun JSST boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus kasallik tasdiqlangan guruhlar bilan boğlanişni, epidemiologik nazorat va soğliqni saqlaş çoralarini kuçaytirişni, kasalxonalarda infeksiyaning oldini oliş işini kengaytirişni, vaksinalar, terapevtik vositalardan foydalaniş böyiça tadqiqotlarni jadallaştirişni tavsiya qildi.












