Kosovo hududida xavfsizlikni ta’minlaş uçun mas’ul bölgan NATO boşçiligidagi xalqaro kuçlar (KFOR) Kosovo barqarorligiga tahdid tuğilgan taqdirda Belgrad va Priştina örtasidagi çegara mojarosiga aralaşişga tayyorligini bildirdi. Bu haqda taşkilot 31 iyul, yakşanba kuni Twitter’da ma’lum qildi. «KFOR Kosovo şimolidagi barqarorlikka tahdid solinadigan bölsa, aralaşişga tayyor», deyiladi xabarda. 

KFOR ta’kidlaşiça, Kosovo şimolidagi munitsipalitetlarda xavfsizlik bilan boğliq vaziyat keskinligiça qolmoqda, biroq missiya doimiy monitoring olib boradi va BMT XKning 1999 yildagi 1244-sonli qarori doirasida aralaşişga tayyor. «NATO boşçiligidagi KFOR missiyamiz töliq e’tiborni butun Kosovo aholisi uçun xavfsiz muhit va erkin harakatlanişni ta’minlaş böyiça BMT mandatini har kuni amalga oşirişga qaratgan», — deyiladi bayonotda.

Kosovo boş vaziri Albin Kurti mintaqadagi vaziyatning keskinlaşuviga Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç aybdor, dedi. Uning fikriça, çegarada avtomobil yölini tösib qöyiş avvaldan rejalaştirilgan harakatdir. 

Kurti Kosovo şimolida yaşovçi serblarga Serbiyada berilgan avtomobillarni qayta röyxatdan ötkaziş va davlat raqamlarini Kosovoga almaştiriş haqidagi buyruği Belgradga berilgan javob ekanini bildirib, u Serbiyaga kirib kelayotgan Kosovo fuqarolariga ham xuddi şunday talab qöyilganiga e’tibor qaratdi. 

Yakşanba kuni keçqurun yuzlab etnik serblar Serbiya çegarasidagi «Yarine» va «Brnyak» nazorat-ötkaziş punktlari yönalişidagi yöllarda yuk maşinalari, neft sisternalari bölgan maşinalar va boşqa oğir transport vositalarini töxtatib, transport harakatini tösib qöydi. Köp sonli mahalliy serblar barrikadalar atrofiga u yerda qoliş niyatida töplangan, deb xabar berdi AFP muxbiri. 

Öz navbatida, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç yakşanba kuni Kosovodagi vaziyat serbiya va Kosovoda yaşovçi etnik serblar uçun heç qaçon hozirgidek «qiyinroq» bölmaganini aytdi. «Atmosfera özining buriliş nuqtasiga yetdi», dedi Vuçiç va agar serblar hujumga uçrasa, «Serbiya ğalaba qozonadi» deb ogohlantirdi. 

Kurti Vuçiçni «tartibsizliklarni» qözğatganlikda aybladi. «Keyingi soatlar, kunlar va haftalar qiyin va muammoli bölişi mumkin», — deb yozdi siyosatçi Facebook’da. 

Ayni paytda, 1 avgustga ötar keçasi Albin Kurti çegara nazorat punktlaridagi tösiqlar duşanba kuni olib taşlanişi şarti bilan, Serbiyada berilgan Serbiya raqamlari va hujjatlariga ega avtomobil egalariga nisbatan çora körişni bir oyga keçiktirişga va’da berdi. Uning sözlariga köra, bu qaror «xalqaro ittifoqçilar bilan hamkorlikda» qabul qilingan.