O‘zbekiston | 17:03 / 01.08.2022
2939
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida «Tabarruk ziyorat» brendi yaratiladi

“Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Foto: Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati

Turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi to‘g‘risida seminar, simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkaziladi.

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o‘zaro hamkorlik orqali “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi. 2023 yildan har 2 yilda 1 marotaba:

may oyi uchinchi dekadasida Marg‘ilon shahrida “Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ko‘rgazma va ilmiy-konferensiya;

iyun oyi birinchi dekadasida “Lavanda” festivali; 

iyul oyida talabalar va yoshlar uchun Turksoy xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali;

avgust oyi uchinchi haftasida turkiy davlatlar tadbirkorlari, OAV, jurnalist va blogerlar uchun “Tabarruk ziyorat” xalqaro mediaturi va uning doirasida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etiladi.

Mavzuga oid