Davlat test markazi 2022-2023 öquv yili uçun abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş yakunlari böyiça ma’lumot berdi.

2022-2023 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yönalişlariga öqişga kiriş uçun onlayn röyxatdan ötgan va test sinovlarida iştirok etişi belgilangan abituriyentlar soni 1 146 744 nafarni taşkil etdi.

Abituriyentlarning ta’lim şakllari böyiça taqsimoti (birinçi ta’lim yönalişiga nisbatan): kunduzgi ta’lim şakli — 585 669 nafar; sirtqi ta’lim şakli — 528 839 nafar; keçki ta’lim şakli — 25 369 nafar; masofaviy ta’lim şakli — 6 867 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng köp tanlangan oliy ta’lim muassasalari (birinçi ta’lim yönalişiga nisbatan):

  • Özbekiston milliy universiteti — 41 577 nafar;
  • Toşkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar;
  • Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar;
  • Urganç davlat universiteti — 37 091 nafar;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafar.

Eng köp abituriyent röyxatdan ötgan hududlar (doimiy yaşaş hududi böyiça):

  • Qaşqadaryo viloyati — 133 987 nafar;
  • Samarqand viloyati — 125 717 nafar;
  • Toşkent viloyati — 107 923 nafar;
  • Farğona viloyati — 104 201 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar.