Frontdagi vaziyat. Ukraina va Rossiya armiyasi taşabbus uçun kuraşmoqda
|02:13 / 02.08.202234 72911 min
Iyul oyi boşida Rossiya rahbariyati Ukrainadagi harbiy kampaniyada e’lon qilgan «operativ pauza» janglar töxtatilişiga olib kelmadi, ammo kuzatuvçilarning baholariga köra, avgust oyi boşiga kelib ikki tomon ham hujumga ötişga tayyor. Şu bilan birgalikda, yurişlar allaqaçon boşlanib ketgan bölişi ham mumkin.
Foto: Anadolu AgencyFoto: Anadolu Agency
Ukrainlar tez orada Xerson yaqinida faol harbiy harakatlar boşlanişi haqida aytişmoqda va buni Rossiya armiyasining uşbu şahardagi guruhi ta’minoti yetkaziladigan Dnepr ustidan ötgan köpriklar öqqa tutilayotgani ham tasdiqlaydi.
Ukraina qurolli kuçlari Ingulets daryosi sohilidagi platsdarmni egallab olgan, buni köpçilik hujum boşlanişi sifatida qabul qilmoqda.
Rossiya qöşini Donbassda faol harakatlanişda davom etmoqda. Bu hududda front katta aylana yoy şaklini (döğa) hosil qilgan, u şimolda Rossiya nazoratidagi Izyum şahridan, janubiy qismi esa - Donetsk rayonida boşlanadi. Sönggi kunlarda uşbu döğaning asosiy hududida faol harbiy harakatlar keçmoqda.
Kuzatuvçilar qayd etişiça, ikki tomon ham jonli kuç va texnikada raqibdan katta ustunlikka ega bölmagani tufayli harbiy harakatlar borişini qat’iy özgartira olmaydi.
Rossiya kuçlari oldindan himoyalaniş uçun tayyorlab qöyilgan hududlarga hujum qilmoqda, ularning harakatlaniş sur’ati u qadar yuqori emas. Platsdarm egallangani va Dnepr böylab ötgan köpriklarga muvaffaqiyatli hujumlarga qaramay, Ukraina qöşinlari ham Rossiya guruhi mudofaasini yorib öta olmayapti.
Tomonlarning har biri taşabbusni qölga olişga - özi uçun qulay joyda raqibga qarşi amaliyotlar olib borişga urinmoqda. Ammo hozirça bunday taşabbusni qölga oliş kuraş özining aktiv fazasiga çiqa olmadi.
Donbass döğasi
Rossiya armiyasining Ukrainadagi harbiy kampaniyasining aprel oyining ikkinçi yarmida boşlangan «ikkinçi bosqiçi» Donbassni egallaşga qaratilgandi. 22 aprel kuni Markaziy harbiy okrug qömondoni örinbosari Rustam Minnekayev bu kampaniyaning yangi maqsadlari haqida gapirgandi.
«Maxsus amaliyotning ikkinçi fazasi boşlanganidan beri, u ikki kun oldin boşlandi, Rossiya armiyasining vazifalaridan biri — Donbass va Janubiy Ukraina ustidan töliq nazoratni örnatiş. Bu Qrimga quruqlik orqali koridorni ta’minlaydi, şuningdek, Ukraina iqtisodiyoti uçun öta muhim obektlarga ta’sir körsatadi», — degandi Minnekayev.
Öşandayoq Donbassdagi front janubda Mikolayiv, Xerson, Zaporijjya va Donetsk oblastlarining egallab olingan hududlaridan boşlanib şimolda Xarkiv atrofigaça uzangan yoy şakllangandi.
Mojaroning ikkinçi bosqiçida Rossiya avvaliga Ukraina qurolli kuçlarining Donbass guruhini qurşab olişga harakat qildi, ammo yakunda ukrain qöşinlari qarşiligini yengib ötolmadi. Ukrain harbiylarini tört tomondan örab oliş uçun boşlangan yurişlar faqatgina ukrain harbiylarini ğarbga çekintiriş bilan yakunlandi.
Mavzuga oid
Asosiy muvaffaqiyat yoyning şarqiy qismida joylaşgan Severodonetsk va Lisiçansk şaharlarini egallab oliş böldi. Şundan keyin Ukrainaning Luhansk oblasti hududi töliğiça Rossiya nazoratiga ötdi.
Ekspertlar qayd etişiça, Donbass ustidan nazorat örnatiş Rossiyaning Ukrainadagi kampaniyasining mazkur bosqiçdagi siyosiy maqsadi hisoblanadi. Rossiya qöşinlari oldindan mudofaaga tayyorlangan istehkomlarga hujum qilişiga töğri keldi va maqsadga katta qiyinçiliklar bilan erişildi.
Donbass - hujum davom etmoqdami?
Rossiya rahbariyati dam oliş va qöşinlarni töldiriş uçun e’lon qilgan tanaffusga qaramay, harbiy harakatlar davom etmoqda. Rossiya qöşinlari Donbassda yangi aholi punktlari va hududlarni egallab olgan holda, Ukraina qurolli kuçlari mudofaasini tom ma’noda «ğajib kelmoqda».
Sönggi kunlarda Donbassda deyarli butun front çiziği böylab janglar ketmoqda. Rossiya armiyasining yutuqlari kamtarona bölsa-da, baribir yutuq, masalan, Uglegorsk TES egallab olingani xabar qilingan. Rossiya harbiylari Donbass yoyining janubiy qismi böylab Baxmut va Avdeyevka tomon harakatlanmoqda, şimolda esa - Severskka hujum qilinmoqda.
Ammo ekspertlar yurişlar sur’ati u qadar yuqori emasligini qayd etişmoqda. Bu katta ehtimol bilan quyidagi ikki sabab tufayli bölmoqda.
Birinçidan, Rossiya armiyasi bölinmalarni töldirişda muammoga duç kelmoqda. Rossiya rahbariyati e’lon qilgan tanaffus dam oliş va saflarni töldiriş zarurati tufayli e’lon qilingandi - rasmiy e’londa ham şunday deyilgan.
Ammo, Britaniya mudofaa vazirligi Ukrainadagi vaziyat böyiça 29 iyul kuni bergan hisobotida qayd etişiça, Rossiya uruşning ilk haftalaridayoq frontda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi otryadlaridan foydalana boşlagan, ular frontning butun sektorlariga mas’ul bölgan. Şu bilan birga, britan razvedkasi qayd etişiça, armiya Ukrainadagi mojaroga qadar bunday otryadlarga bu kabi vazifalar berilmasdi.
«Vagner»ning roli katta ehtimol bilan özgargan, çunki Rossiya mudofaa vazirligi piyodalarning ötkir yetişmovçiligiga duç kelgan, lekin «Vagner» kuçlari ham harbiy harakatlar keçişiga jiddiy ta’sir körsatişi dargumon», deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda aytilişiça, aynan «Vagner» kuçlari Uglegorsk elektr stansiyasi hududini öz nazoratiga olişga muvaffaq bölgan.
Rossiya qöşinlari sekin harakatlanayotganining ikkinçi sababi - ukrain kuçlari GMLRS raketalari bilan rossiyaliklarning öq-dori omborlariga aniq zarbalar yöllayotganidir. Rossiya armiyasi harakati artilleriya qöllab-quvvatloviga öta boğliq, qator omborlar yöq qilinişi esa artilleriyaçilarni snaryadlarni tejab işlatişga majburlamoqda.
Natijada, Amerikadagi Uruşlarni tadqiq qiliş instituti (Institute for the Study of War - ISW) ekspertlari fikriça, «rossiyalik kuçlar, körinişidan, Ukrainada ayni vaqtda faqat ikkita yirik yuriş amalga oşira olişi mumkin: biri Severskni egallaşga uriniş, ikkinçisi - Baxmut yönalişida hujum qiliş».
ISW ekspertlari hisoblaşiça, aynan resurslar yetişmovçiligi boşqa yönalişlarda ham yurişlarni şu kabi sur’atda davom ettiriş yoki hududlarni egallab olişga imkon bermagan.
Xerson
Ayni paytda Rossiya yana bir muammo bilan şuğullanişi kerak. Gap şundaki, Ukraina qurolli kuçlari Xerson oblastida harakat boşlagan.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi 28 iyul kuni bu harakatni «hujumga ötiş» deb baholadi.
Xersonga hujum mamlakat rahbariyati tomonidan Ukraina qurolli kuçlari oldiga qöyilgan siyosiy vazifa hisoblanadi. 11 iyul kuniyoq Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Britaniyaning Times naşriga bergan intervyusida, prezident Zelenskiy mamlakat janubidagi hududlarni, jumladan uruş davrida rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan yagona viloyat markazi bölmiş Xersonni qaytarib oliş böyiça amaliyot rejasini tayyorlaşga topşiriq bergani haqida aytgandi.
Xersonga hujum şunisi bilan jozibaliki, uşbu şaharni egallab turgan Rossiya guruhining ta’minoti Dnepr orqali ötgan köpriklarga, ayniqsa Antonov köprigiga boğliq.
Bu köprik 19 iyuldan buyon nişonga yuqori aniqlikda borib teguvçi GMLRS raketalari bilan öqqa tutilmoqda, ukrainlar bu raketalarni amerikaliklar yetkazib bergan HIMARS va MLRS qurilmalari orqali otişmoqda. Bu zarbalar natijasida köprik jiddiy şikastlangan va armiya ta’minoti xavf ostida qolgan.
Endilikda, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga köra, Rossiya kuçlari ta’minot uçun vaqtinçalik ponton köpriklardan foydalanmoqçi bölmoqda, lekin bunday köpriklarning ötkaziş qobiliyati nisbatan juda past.
Ta’minot uçun muhim bölgan boşqa köpriklarga ham zarbalar yöllanmoqda - bular Antonov köprigidan 6 km şimoldan ötgan temiryöl köprigi, şuningdek Xerson oblastining rossiyaliklar tomonidan bosib olingan hududidan ötgan Ingulets daryosidagi Darevskiy köprigi va nihoyat Nova Kaxovkadagi Kaxovka GES dambasi orqali ötgan yöl.
Bu hujumlardan maqsad Xersondagi rossiyaliklar qöşinini ta’minot manbalaridan uzib qöyişga qaratilgan.
Şu bilan birga, Ukraina qurolli kuçlari nafaqat ta’minot liniyalariga tahdid solmoqda, balki hujumkor harakatlarni ham amalga oşirmoqda. Ukraina qurolli kuçlari Ingulets daryosining janubi-şarqiy sohilida, Lozovoye va Andreyevka qişloqlari hududidagi platsdarmlarni egallagan. Ular Xersondan şimoli-ğarbda joylaşgan.
Bu muhim hodisadir, çunki daryo tabiiy tösiq hisoblanadi, bu platsdarmlar egallangani evaziga bu yerdan turib hujumlarni boşqariş mumkin. Rossiya armiyasi frontning bu uçastkasi ahamiyatini yaxşi tuşunadi, ammo hozirga qadar ukrainlarning bu platsdarmi yöq qilinmadi.
Taşabbus uçun kuraş
Frontdagi sönggi vaqtlarda sezilarli özgarişlar kuzatilmayotgan bölsa-da, Rossiya-Ukraina mojarosidagi harbiy harakatlarni hozirça pozitsion uruş deb ataş muşkul.
Harbiy ekspertlarning qayd etişiça, tomonlarning heç biri barça kuçini bir muştga jamlab, raqib kuçidan bir neça barobar ustunlikka erişiş imkoniyatiga ega emas.
Rossiya qöşinlarining Donbassdagi yirik amaliyotlari yoki ukrainlarning Xersonda hujumga ötişi nafaqat mudofaa liniyasini yorib ötişdek murakkab işni bajarişni, balki muvaffaqiyatni rivojlantiriş uçun katta kuçlarni jalb etişni ham talab qiladi.
Hujumga ötiş uçun Ukrainaga oğir zirhli texnikalar, artilleriya va aviatsiya darkor. Foto: ANADOLU AGENCY
Ukraina qurolli kuçlari Ğarbdan yetkazib berilgan yuqori aniqlikdagi tizimlarni qöllamoqda, ammo keng kölamli hujumga ötiş uçun yetarli darajada köp qurollar yöq. Ukrainlarga hozirgaça yetkazib berilayotganidan köra ança köp miqdorda tanklar va boşqa zirhli texnikalar zarur. Şuningdek, ukrainlarga muvaffaqiyatli hujum harakatlari uçun kerak bölgan jangovar samolyotlar ham yetişmayapti.
Şunga qaramay, Ukraina zirhli texnikalar olişda davom etmoqda - ötgan hafta oxirida Şimoliy Makedoniya Ukrainaga T-72 tanklari yetkazib berişini e’lon qildi.
Kelgusida Kiyev Ğarbdan katta partiyada artilleriya va hatto jangovar samolyotlar olişi mumkin - Amerika Senati ukrain uçuvçilarini tayyorlaş dasturini tasdiqlagan. Ammo bunday jönatmalar ham muammoni «joyida va hozirning özida» hal etolmaydi.
Rossiya qöşinlari artilleriya va aviatsiya bobida ustunlik qilmoqda, bu esa Ukraina qurolli kuçlarining oldinga siljişini sezilarli darajada qiyinlaştiradi. Şu bilan birga, Rossiyaning Xersondagi guruhi ta’minotdagi muammo tufayli ança qiyin holatga tuşib qolgan.
Hozirda ikki armiya taşabbusni qölga olişga, ya’ni duşmanni öziga qulay bölgan yönalişga jalb etişga urinayotgani aniq. Bunday taktikada armiyaning vazifasi - raqibning nisbatan zaif nuqtalariga zarba berib, u yerga zaxiralarni olib kelişga va bunga juda katta kuç sarflaşiga majbur qiliş hisoblanadi. Hujum tugagaç, boşqa joyga zarba beriş mumkin - bunday zarbalar oldindan tayyorlab qöyilgan böladi.
Xerson esa Ukraina qurolli kuçlarining taşabbusni qölga olişga urinişi uçun mantiqiy nişondir. Ammo bu vaqtda Rossiya hamon asosiy e’tiborini boşqa yönalişga qaratgan va öz maqsadiga erişiş - Donbass ustidan töliq nazorat örnatişga bölgan harakatlarini davom ettirmoqda.