Tomonlar neft-gaz, kimyo sanoati, töqimaçilik va qişloq xöjaligi sohasida qiymati 500 mln dollardan ortiq bölgan 87 ta qöşma loyiha va savdo şartnomalarini öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş böyiça sa’y-harakatlarni kuçaytirişga kelişib oldi.

Muloqot davomida tomonlar Özbekiston-Ozarboyjon investitsiya jamğarmasini taşkil qiliş taşabbusini amalga oşirişni davom ettiriş niyatida ekanini tasdiqladi va şu munosabat bilan qisqa vaqt içida uning faoliyatini taşkil etiş böyiça «Yöl xaritasi»ni şakllantirişga, tegişli hukumatlararo bitimni işlab çiqişni boşlaşga kelişib oldi.

Transport va logistika aloqalarini mustahkamlaş istiqbollarini muhokama qiliş çoğida muzokaralar iştirokçilari Özbekiston va Ozarboyjon örtasida xalqaro avtomobil transporti töğrisidagi hukumatlararo bitim doirasida amaliy çora-tadbirlar qabul qilişni jadallaştirişga, «Kaspar» paromlarida Kaspiy dengizi orqali Özbekiston uçun tovarlar ortilgan vagonlarni taşişni tezlaştirişga kelişdi.

Alohida tartibda tomonlar joriy yil noyabr oyida Toşkentda milliy tovarlar körgazmasini taşkil qiliş, Özbekiston va Ozarboyjon hududlari birinçi forumini yuqori darajada ötkazişni nazarda tutgan holda hududlararo hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi. Forumga tayyorgarlik köriş doirasida investitsiya loyihalari paketini hamda hududlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça aniq takliflar işlab çiqiladi.