1978-1989 yillarda Afğoniston hududidagi jangovar harakatlarda qatnaşgan fuqarolar farzandlarini kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga öqişga kirişi uçun tavsiyanomalar beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilanişiça:
tavsiyanomalar 1978-1989 yillarda Afğoniston hududidagi jangovar harakatlarda qatnaşgan fuqarolarning farzandlariga beriladi;
tavsiyanomalar blankalarini tayyorlaş va topşiriş Mudofaa vazirligi tomonidan davlat budjeti parametrlarida har yili uşbu vazirlik uçun nazarda tutiladigan mablağlar hisobiga Markaziy bankning “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasida amalga oşiriladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom quyidagi tahrirdagi band bilan töldiriladi:
“1978-1989 yillarda Afğoniston hududidagi jangovar harakatlarda qatnaşgan fuqarolar farzandlari uçun oliy ta’lim muassasalari bakalavriati kunduzgi ta’lim şaklidagi ta’lim yönalişlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalari ikki foizi miqdorida davlat granti asosidagi qöşimça qabul kvotalari ajratiladi.
Ajratilgan davlat granti asosidagi qöşimça ikki foizli kvota doirasida Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bölgan 1978-1989 yillarda Afğoniston hududidagi jangovar harakatlarda qatnaşgan fuqarolar farzandlari töplagan ball böyiça röyxatdan ötişda birinçi sifatida tanlagan oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim şakli böyiça bakalavriat ta’lim yönalişiga talabalikka tavsiya etiladi.
Ajratilgan davlat granti asosidagi qöşimça (ikki foizli) kvota örinlariga qabul qilinmagan abituriyentlar töplagan ball bilan özlari tanlagan bakalavriat ta’lim yönalişlarida umumiy tartibda tanlovda iştirok etadilar”.











