AQŞ Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyoti Tayvanga qöndi. Bu haqda Flightradar ma’lumotlari va Tayvanning «Sanli» telekanali translatsiyasi orqali ma’lum böldi.

Nensi Pelosi Osiyo turnesi doirasida orolga taşrif buyurdi. 

Spikerning uşbu orol davlatga taşrif buyuriş böyiça rejalari orolni özining ajralmas qismi deb hisoblaydigan Xitoyda keskin norozilik uyğotdi va rasmiy Pekin tomonidan tahdidlar yangradi.  

XXR rasmiylari bir neça bor Vaşingtonni bunday taşrif oqibatlaridan ogohlantirdi, seşanba kuni esa AQŞ buning uçun tölov qilişini bildirdi. 

NHK telekompaniyasining xabar berişiça, AQŞning sakkizta F15 qiruvçi samolyoti vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyotini kuzatib boriş uçun Okinavadagi bazadan havoga kötarilgan.