Prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagaça” tamoyili asosida kadrlarni östiriş tizimi joriy qilinişini ta’kidladi.
“Biz davlat xizmatini mahallaga tuşiriş böyiça katta islohotlarni boşladik. Har bir mahallada – rais, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi va xotin-qizlardan iborat yaxlit tizim yaratildi. Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan işlagan, ular muammosini öz közi bilan körib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, dedi davlat rahbari.
1 noyabrdan:
- eski namunadagi “obektivka”dan voz keçilib, ilğor IT-texnologiyalar asosida xodim malakasi va salohiyati, erişgan natijalarini baholaydigan tizimga ötiladi;
- xodimni baholaşda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda işlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va körsatgan natijalari asosiy mezon bölişi şart.
"Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tacodifan kelib qolişning oldi olinadi", dedi prezident.












