O‘zbekiston | 16:22 / 04.08.2022
3120
1 daqiqa o‘qiladi

Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi 

Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatyapti. Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.

Foto: Botanika bog‘i

Qayd etilishicha, Botanika instituti huzuridagi akademik F.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ida 2022-2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

Shu sababli, ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish munosabati bilan Botanika bog‘i joriy yil 5 avgustdan 20 avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid