Energetika vazirligi xabariga köra, mazkur holatlar uçun 13 mlrd 935 mln söm miqdorida qayta hisob-kitob qilingan.

Şundan, aholi iste’molçilari tomonidan 2 875 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan, uşbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 3 mlrd 374,1 mln söm qayta hisob-kitob qilingan.

Bundan taşqari, ulgurji iste’molçilar tomonidan 1 282 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 10 mlrd 560,9 mln sömga qayta hisob-kitob işlari amalga oşirilgan.

Eng köp noqonuniy holatlar Marğilon, Qöqon şaharlari, Buvayda, Toşloq hamda Quva tumanlari hissasiga töğri keladi.