Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Özbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Xorijda bölib turgan Özbekiston fuqarolari endi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini oliş böyiça davlat xizmatidan foydalanişlari mumkin.
Özbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo beriş tartibi töğrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:
- diplomatik vakolatxonalar konsullik bölimlari va konsullik muassasalariga murojaat qiliş tartibi;
- ERI sertifikatini beriş tartibi va amal qiliş muddati;
- xizmat uçun konsullik yiğimlari miqdori.
Konsullik muassasasi orqali ERI kalitlari sertifikatlarini röyxatga oliş va ularni beriş vakolatli organ tomonidan idoralararo elektron hamkorlik qiliş tizimi orqali amalga oşiriladi. ERI sertifikati amal qiliş muddati u röyxatga olingan vaqtdan boşlab 2 yildan oşmasligi kerak.
ERI kaliti sertifikati — özida egasi töğrisidagi axborotni saqlaydigan hujjat, unda egasi maqomi, rekvizitlari va vakolatlari töğrisidagi ma’lumotlar şifrlangan. Sertifikat kalit qöllanilişi uçun javobgar bölgan muayyan şaxsga tegişli ekanini tasdiqlaydi. Hujjat elektron raqamli yoki qoğoz şaklidagi variantlarga ega.











